Asosiy stavka – pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biri
— Avvalambor, har bir Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oşirişda öz oldiga ma’lum instrumentlarni belgilab oladi. Bu instrumentlar orqali Markaziy bank yalpi talab darajasiga, iqtisodiyotdagi investitsion faollikka, umuman iqtisodiy munosabatlarga ta’sir qilib boradi. Bu ta’sir mamlakat rivojlanişiga qarab turliça böladi. Ba’zi mamlakatlarda asosiy stavka özgarişi bilan moliya bozorlari rivojlangani uçun yakuniy instrumentlarga tezkor ta’sir qilsa, rivojlanayotgan davlatlarda bu ta’sir ma’lum vaqt talab qiladi. Şu nuqtayi nazardan Markaziy bank özining pul-kredit siyosatini yuritişda har xil turdagi instrumentlar töplamini belgilab oladi. Şunday instrumentlardan biri – pul-kredit siyosatini belgilovçi, aniqlaştiruvçi foiz stavkasi.
Bu Markaziy bankning asosiy faoliyat yönalişi bölib, mamlakatdagi pul muomalasini tartibga soladi. Şu bilan birga, pul bozoridagi foiz stavkalariga ta’sir etiş uçun Markaziy bank öz oldiga siyosiy instrumentlarni belgilab oladi. Bu instrumentlarga asosiy stavka va foiz koridori, likvidlikni jalb qiliş instrumentlari, şu bilan birga kommunikatsion siyosat kiradi.
2019 yildagi prezident farmoni bilan inflyatsion targetlaş rejimiga ötganimizdan keyin barça pul-kredit siyosati takomillaştirilib, jahon andozalariga moslaştirilyapti. Inflyatsion targetlaşga ötgan davlatlarda kuzatiladigan instrumentlarning barçasi bizda ham bor. Pul-kredit siyosati orqali Markaziy bank iqtisodiy munosabatlarning yönalişi va yalpi talab darajasiga ta’sir qiladi, şu bilan birga investitsion faoliyatni muvofiqlaştiradi.
Asosiy stavka – bir kunlik pul narxi
— Pul-kredit siyosati prognozlaştiriş va tahliliy tizim, kommunikatsion siyosat va pul-kredit siyosatining operatsion mexanizmlarini öz içiga oladi. Operatsion mexanizmning asosiy instrumenti – asosiy stavka. Asosiy stavka bir kunlik pul narxini belgilaydi. Asosiy stavkani belgilaş orqali pul bozoridagi operatsiyalarga yönaliş beramiz. Bizda banklararo pul bozori, davlat qimmatli qoğozlari bozori, örta muddatli resurslar bozori va iste’mol instrumentlari bozori bor. Bizga köproq aholidan iste’mol yoki investitsion instrumentlar bozori borasida savol keladi. Ulargaça esa juda katta bozorlar bor: har bir bank öz tölovlarini amalga oşiriş, tölov tizimida faol böliş uçun banklararo pul bozoridan foydalanadi. Qolaversa, davlat qimmatli qoğozlari bozori ham bor. Bunda banklar tomonidan resurslar jalb qilinadi va qayta taqsimlanadi. Mana şu bozorga töğridan töğri ta’sir qiluvçi instrument asosiy stavka hisoblanadi.
Inflyatsion targetlaşga ötganimizning yana bir muhim yönalişi – pul bozorini rivojlantiriş. Agar 2020 yilda pul bozorining yalpi içki mahsulotga nisbati 5 foizni taşkil qilgan bölsa, hozir qariyb 40 foizga yetdi. Asosiy stavka mana şu bozordagi narxlarga ta’sir qiladi. Agar umumiy aytsak, Markaziy bank asosiy stavkani belgilaş orqali qisqa muddatli pulning narxini belgilaydi. Pul narxi qisqa muddatli bölgani uçun xatardan biroz yiroq, risksiz hisoblanadi – bir kunlik yoki bir haftalik pul narxi asosiy stavkaga yaqin şakllanadi. Odatda, bularni biz risksiz foiz stavkasi deymiz. Banklar bir-biriga mablağlarni taqsimlaganda MB belgilagan asosiy stavka doirasida yoki uning koridorida taqsimlaydi.
Qisqa muddatli pul narxlari juda yuqori bölib ketmasligi uçun MB asosiy stavkasining yuqori koridori bor: 14+2. Bu bilan Markaziy bank aytadi: “Banklar, agar sizlarga pul kerak bölsa, Markaziy bank 16 foizdan sizlarga bir kunlik resurs beradi. Yoki xuddi şuning teskarisi, agar bir-biringizga pul joylaştiriş imkoni bölmasa, Markaziy bank pullaringizni bir kunga 12 foizga oladi, ertasi kuni şunga foiz tölab beradi.
Bu yerda muhim jihati – pulning vaqt doirasidagi qiymati. Qançalik vaqt uzoq bölgan sari pulning narxi qimmatlaşib, ustiga foiz qöşiladi. Bu inflatsiya prognozidan kelib çiqadi. Bugungi 100 mln sömingiz 1 yildan keyin 100 mln bölib turişini xohlamaysiz, çunki bir yil davomida pulning qadrsizlanişini bor, inflatsiya jarayonlari bor iqtisodiyotda.
Undan keyin pul bozorida oylik segment bor: bir haftadan ikki haftagaça bölgan segmentlar Markaziy bankning asosiy stavkasiga qaysidir ma’noda muddat böyiça risk va likvidlik böyiça risk qöşadi. Tranzaksiya amalga oşiriş muddati qança uzoq bölsa, şunçalik unga xatar mukofoti qöşiladi. Xatar mukofoti muddatga qarab yuqorilaydi va iqtisodiyotda pulning davr nuqtayi nazardan turli xil narxlari şakllanadi.
MB asosiy stavka bilan pulning qisqa muddatli narxini belgilaydi va bu stavka banklararo pul bozorida indikator bölib xizmat qiladi. Şunga qarab banklar bir-biriga pul joylaştiradi. Bundan butun iqtisodiyotga signal tarqaladi. Keyin bir yillik, ikki yillik pullar va qimmatli qoğozlar bozori bor. 2022 yilda 20-22 trln sömlik Markaziy bank obligatsiyalari muomalaga çiqarilib, hammasining narxi asosiy stavkaga boğlangan bölgan. Xuddi şunday joriy yil aprel yakunlari böyiça 26 trln sömlik davlat qimmatli qoğozlari muomalaga çiqarilgan. Şu obligatsiyalarning ham, qimmatli qoğozlarning ham narxlari asosiy stavkaga boğlangan.
Keyingi bozor – banklarning mijozlar bilan munosabatlar bozori. Bu qisqa va uzoq muddatli depozitlar hamda kreditlar bozorini anglatadi. Xulosa qilsak, MB asosiy stavkani belgilaş orqali qisqa muddatli pul bozorida pul narxini belgilaydi.
2017 yildagi özgarişlar
— Asosiy stavka şakllanişining asosiy omillaridan biri iqtisodiyotdagi inflyatsion jarayonlar va kutilmalar. 1990-yillarda 300 foizgaça yuqori körsatkiçlar bölgan, bu köproq öşa davrdagi inflyatsion jarayonlar bilan boğliq. Davlatimiz mustaqil bölganidan keyin yangi pul muomalasini joriy qiliş davrida juda kuçli inflatsiya kuzatilgan. Çunki tarmoqlarda işlab çiqariş salohiyati pasayib ketgan, söm-kupon muomalaga kiritilganidan keyin iqtisodiyotda narxlarda ösuvçi dinamika kuzatilgan. Şu yuqori inflatsiyaga mos ravişda asosiy stavka (öşa paytda qaytda moliyalaş stavkasi deb nomlangan) darajasi ham kötarib borilgan.
2015 yilda eng past nuqtagaça pasaygan – 9 foiz, lekin 2017-2018 yillardan boşlab asosiy stavkani inflatsiya darajasi bilan boğlagan bölardim. Sababi, iqtisodiyotda erkinlaştiriş boşlanganidan keyin, 2017 yil 5 sentabrdan valuta bozori erkinlaştirilişi, undan keyin barça Özbekistonning iqtisodiy körsatkiçlarini oçiş böyiça davlat rahbarining tegişli farmoyişi bölgan. Biz Xalqaro valuta jamğarmasining ma’lumotlarni tarqatiş tizimiga ulanganmiz, bu borada majburiyat olganmiz.
2017 yilgaça xalqaro valuta zaxiralari yoki iqtisodiyotga ajratilgan kreditlarning jami hajmi kabi ma’lumotlar maxfiy ma’lumotlar bölgan. Şu jumladan, oltin-valuta zaxiralari – qança oltin bor, qança işlab çiqarilişi haqidagi ma’lumotlar ham. 2017 yildagi prezident qaroridan keyin barça ma’lumotlardan xizmat doirasida foydalaniş grifi va maxfiylik belgisi olib taşlangan. Şundan keyin barça taşkilotlarga har bir e’lon qilinadigan ma’lumotlar şaffofligini ta’minlaş va şu bilan birga, Xalqaro valuta jamğarmasining ma’lumotlarni tarqatiş tizimiga ulaniş topşiriği berilgan. Şu davrda alohida topşiriq bilan idoralar öz ma’lumotlar bazasini xalqaro standartlar asosida şakllantira boşlagan.
Xalqaro standart deyilganda har bitta sohaning Jahon banki yoki xalqaro statistika agentligi tomonidan tasdiqlangan umumqabul qilingan metodologiyasi bor. Deylik, YaIM nuqtayi nazaridan statistika köp qöllanadi. Bu milliy hisoblar tizimi deyiladi. Markaziy bank ham pul-kredit siyosatini xalqaro standartlarga moslaştira boşlagaç, hamma taşkilotlar tölov balansi haqidagi ma’lumotlarni şakllantira boşladi. 2017 yilda Statistika agentligi tomonidan inflatsiyani hisoblaşning yangi metodikasi joriy qilindi. Unga köra, inflatsiyani hisoblaş böyiça metodologiya özgartirildi. 2016 yilgaça inflatsiya hisob-kitobida suzuvçi vaznlar qöllangan va şu bois inflatsiya turğun turgani – 5,8-6 foiz atrofida şakllanganini köriş mumkin.
Suzuvçi vaznlar deganda, tanlab olingan mahsulotlarning iste’mol savatidagi vaznlari oylar davomida özgartirib borilgan, qaysidir oylarda mahsulotlar narxlari arzonlaşsa, umumiy inflatsiyaning pasayişiga hissa qöşgan. Qaysidir oylarda esa yuqori oşib ketgan mahsulotlarning vaznlari kamaytirilgan va umumiy inflatsiya özgarişsiz qolgan. Şunaqa hisob-kitoblar ayrim mamlakatlarda bugungi kunda ham qöllanadi. Lekin bu inflyatsion jarayonlarni xolis va şaffof aks ettirmaydi. Yil davomida vazn bir xil turadigan bölsa, inflyatsion omillarni aniq körsatadi. Statistika agentligi ham raqamlarni özgarmas vaznlarda e’lon qilib borişga ötgaç, 2018 yil yanvar oyida Özbekiston tarixida ilk bor rasmiy inflatsiya 20,5 foizgaça kötarilgan. Şu nuqtayi nazardan asosiy stavka darajasi ham kötarilgan, keyin esa inflatsiya pasayib borişiga qarab stavka 14 foizgaça tuşirilgan.
Içki pul bozori va valuta bozorimiz bir-biriga boğliq
— 2022 yil mart oyida valuta bozoridagi özgarişlar, qöşnilarda boşlangan geosiyosiy voqealar va şu bilan birga pul ötkazmalari, import va eksportdagi özgarişlar tufayli valuta bozoridagi ma’lum bir tebranişlar yuzaga keldi. Şu paytda asosiy stavka 17 foizga oşirildi. Bu pul bozorida ham öz aksini topgan. Içki valuta bozorimiz bilan içki pul bozorimiz bir-biriga juda boğliq, sababi har qanaqa valutani xarid qiliş uçun sömdagi likvidlik kerak. Valuta xarid qiliş uçun Markaziy bankda ma’lum miqdorda söm bölişi kerak. 2022 yilda juda katta bosim bölgani sababli asosiy stavka 14 foizdan 17 foizga kötarilgan.
Yuqorida aytdim, 2020 yildan beri qabul qilinayotgan qarorlarning aksariyati makroiqtisodiy tahlil va prognozlar asosida berilgan takliflar bilan qabul qilinyapti. Boşqaruvga olib çiqiladigan turli ssenariylar bölişi mumkin, lekin boşqaruvda kollegial tasdiqlanadigan har bir ssenariy tagida tizimli tahlil va prognozlar yotadi. 2023 yil mart oyida asosiy stavka 14 foizga pasaytirildi va bugungi kunda ham özgarişsiz qolmoqda.
Köp savollar tuşadi, asosiy stavka özgarişsiz saqlab qolinsa, şunça muhokama nimaga kerak? Har bir özgarişsiz saqlab qolingan darajaning orqasida ham şunça muhokama bor. Odatda, özgarişsiz saqlab qoliş haqida qaror qilingan majlislarda köproq muhokama böladi. Nega tuşirmaslik kerak, degan savolga ekspertlar guruhi keng kölamli tahlillarni berib, öz javoblarini asoslaşi kerak böladi.
Madina Oçilova suhbatlaşdi.











