01:10 / 26.09.2019
0
8115

Bortida BAAlik ilk fazogir bo‘lgan “Soyuz” kemasi Xalqaro koinot stansiyasiga tutashdi 

Foto: RIA "Novosti"

“Soyuz MS-15” kemasi Xalqaro koinot stansiyasiga navbatdagi ekipajni, jumladan BAAlik ilk fazogir Hazza al-Mansuriyni olib keldi. 

Kemaning stansiyaga yaqinlashishi va “Zvezda” moduliga tutashishi avtomatik rejimda o‘tgan. Taxminan 26 sentabr soat 2.45 da kema lyuki ochilib, yangi ekipajning stansiyaga o‘tishi amalga oshiriladi. Shudan keyin 2015 yildan beri ilk bor stansiyada bir vaqtda odatdagi 6 kishi o‘rniga 9 kishi bo‘ladi. 

Hozirda XKSda rossiyalik Aleksey Ovchinin va Aleksandr Skvorsov, amerikalik Kristina Kuk, Nik Xeyg va Endryu Morgan hamda italiyalik Luka Parmitano faoliyat olib bormoqda.
 
Ularga rossiyalik fazogir Oleg Skripochka, amerikalik Jyessika Meir va birinchi arab fazogiri Hazza al-Mansuriy qo‘shiladi. Skripochka va Meir stansiyada 187 kun qolib, 2020 yil 30 martda Endryu Morgan bilan Yerga qaytadi. Al-Mansuriy esa stansiyada bor-yo‘g‘i 8 kun bo‘lib, 3 oktyabrda “Soyuz MS-12” kemasida Aleksey Ovchinin va Nik Xeyg bilan birga qaytadi. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top