Qozoğistondagi Bayqönğir kosmodromida 21 mart, payşanba kuni «Soyuz MS-25» kosmik kemasi bilan «Soyuz-21a» raketasining uçirilişi avtomatika işlab ketgani sababli sönggi daqiqada bekor qilindi. «Soyuz» uç kişilik ekipaji bilan Xalqaro kosmik stansiya (XKS)ga uçişi kerak edi.

«Roskosmos» rahbarining aytişiça, uçiriş kimyoviy quvvat manbayi kuçlanişi pasayişi tufayli bekor qilingan. «Işga tuşirişdan oldingi tayyorgarlikning yakuniy bosqiçida ğayritabiiy holat yuzaga keldi va butun protsedura töxtatildi. Sababi aniqlandi. Hozir biz davlat komissiyasining yiğilişida kimyoviy tok manbayida bosim kamayib ketgani hodisaga sabab bölganligini aniqladik», - dedi Borisov.

Parvozning favqulodda bekor qilinişi 

«Soyuz» Moskva vaqti bilan soat 16:21 da uçişi kerak edi, biroq translatsiya paytida uçiriş avtomatik ravişda bekor bölgani e’lon qilindi. Kema bortida rossiyalik Oleg Novitskiy, belaruslik Marina Vasilevskaya va amerikalik Treysi Dayson bölgan. Start 23 mart ertalabga qoldirildi. 

Bu - Rossiyada boşqariladigan kosmik kema bilan raketa uçirilişining oxirgi daqiqada bekor qilinişi böyiça birinçi hodisa. AFP voqeani «yillar davomida kam moliyalaştiriş, korrupsiya mojarolari va 2023 yil avgustida «Luna-25» Oy zondi yöqotilişi kabi muvaffaqiyatsizliklar bilan qiynalayotgan Rossiya kosmik dasturining navbatdagi muvaffaqiyatsizligi» deb atadi. 

Kema ekipaji

Novitskiy uçun yaqinlaşib kelayotgan parvoz törtinçi böladi. Hammasi bölib, u orbitada 531 kun 6 soat 58 daqiqa böldi. Kosmonavt uç marta oçiq koinotga çiqdi va u yerda 22 yarim soat qoldi.

Vasilevskaya - «Belavia» aviakompaniyasida styuardessa va instruktor. Boeing va Embraer ekipajlari bilan uçadi. Kosmosga parvoz qiliş uçun tanlov doirasida u 3 ming nafar boşqa da’vogar qizni ortda qoldirdi va koinotga çiqqan birinçi Belarus fuqarosiga aylanadi.

Amerikalik Treysi Dayson - kimyo fanlari doktori (PhD), atmosfera kimyosi sohasida ilmiy iş bilan şuğullangan. U 1998 yilda NASA astronavti uçun nomzodga aylandi. Birinçi parvozini 2007 yilda amalga oşirgan. 

Parvoz dasturi

Novitskiy va Vasilevskaya orbitada 12 kun bölib, keyin amerikalik Loral ÖXara bilan birga «Soyuz MS-24» kosmik kemasida Yerga qaytişi kerak edi. Treysi Dayson sentabrda rossiyalik kosmonavtlar Oleg Kononenko va Nikolay Çub bilan «Soyuz MS-25» kosmik kemasida qaytişi rejalaştirilgan.