14:19 / 28.09.2019
0
10435
Polkovnik Dilshod Choriyev Qozog‘iston harbiy delegatsiyasini kutib oldi
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shu kunlarda O‘zbekistonga Qozog‘iston Respublikasi “Janub” Regional qo‘mondonligi qo‘mondoni general-mayor Kaydar Karakulov rahbarligidagi harbiy delegatsiya rasmiy tashrif bilan kelgan.

Kecha, 27 sentabr kuni Nukus garnizoni Ma'naviyat va ma'rifat markazida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Dilshod Choriyev Qozog‘iston harbiy delegatsiyasini qabul qildi. Suhbat davomida mudofaa sohasida o‘zbek-qozoq hamkorligining istiqbollari muhokama qilinib, harbiy yo‘nalishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha fikrlar almashildi.

Polkovnik Dilshod Choriyev mehmonlarni harbiy okrugning funksiya va vazifalari bilan tanishtirib, ularga Mudofaa vazirligi uchun harbiy mutaxassislarni tayyorlash tizimi hamda okrug harbiy xizmatchilarining respublika va xalqaro harbiy musobaqalardagi yutuqlari haqida aytib o‘tdi. Suhbat davomida O‘zbekiston tomonidan Qozog‘iston harbiylari bilan kelgusida hamkorlikdagi harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish, harbiy san'at mutaxassislari bilan treninglar va boshqa tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar berildi. 

Rasmiy yig‘ilishdan keyin mehmonlar Nukus va Urganch garnizonlaridagi harbiy qism va muassasalar bilan yaqindan tanishishdi. Tashrif davomida harbiy xizmatchilarning mini-poligonidagi amaliy mashg‘ulotlari, xizmat otlarini minishni o‘rgatish bo‘yicha mashqlar ko‘rsatildi. “Janub” Regional qo‘mondonligi qo‘mondoni tomonidan zotdor otlar e'tirof etildi. Harbiy qismlarning infratuzilmasi hamda o‘quv- moddiy baza Qozog‘iston harbiy delegatsiyasida taassurot qoldirdi. 

I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat muzeyi hamda Xivadagi betakror Ichan-qal'a bo‘ylab sayohat qozog‘istonlik hamkasblarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top