01:25 / 03.10.2019
0
9180
BMTning ba'zi tuzilmalarining AQShdan boshqa joyga ko‘chirilishi taklifiga izoh berildi 
Foto: RIA "Novosti"

BMT Bosh assambleyasi Birinchi qo‘mitasining AQShdan boshqa davlatga ko‘chirilishi bo‘yicha qarorni tashkilotga a'zo davlatlar qabul qilishlari lozim. BMT bosh kotibining vakili Stefan Dyujarrik qo‘mitaning ko‘chirilishi taklifiga shunday izoh berdi.

Avvalroq Rossiyaning BMTning Jyenevadagi bo‘limidagi doimiy vakili Gennadiy Gatilov BMT Bosh assambleyasiga yo‘l olgan Rossiya delegatsiyasiga AQSh vizalari berilmaganidan keyin Moskva BMT Bosh assambleyasining qurolsizlantirish va xalqaro xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi Birinchi qo‘mitasi yig‘ilishlarini Nyu-Yorkdan boshqa joyga ko‘chirishni taklif qilganini ma'lum qilgandi. Diplomat alternativ joy sifatida muntazam ravishda yirik tadbirlar o‘tuvchi Jyenevani taklif qilgan. Uning aytishicha, AQShning viza siyosati sababli BMT bosh qarorgohini ko‘chirish bo‘yicha gaplar tez-tez yuzaga kelib turadi.

Dyujarrikning ta'kidlashicha, u Rossiyaning taklifidan bexabar, biroq bu masalada oxirgi so‘zni tashkilotga a'zo davlatlar ayta olishadi.

BMT bosh kotibi vakilining aytishicha, BMT Rossiyaning AQSh vizalari berilmagani haqidagi maktubidan keyin barcha zaruriy choralarni ko‘radi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top