Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatda BMT va O‘zbekiston hamkorligi masalalari muhokama qilindi
Senat raisi Tanzila Norboyeva BMT koordinatori Konsuelo Vidal Bryus bilan uchrashdi.
7 may kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekistondagi BMT doimiy koordinatori vazifasini bajaruvchi Konsuelo Vidal Bryus bilan uchrashdi.
Unda O‘zbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan idoralari bilan hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari, «Barqaror rivojlanish maqsadlari»ga erishish, gender tenglikni ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ekologik muammolar, jumladan Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘zbekistonning mintaqaviy va global ahamiyatga ega dolzarb masalalarini hal qilish borasidagi sa’y-harakatlar va davlat rahbari tomonidan xalqaro maydonda ilgari surilgan tashabbuslar BMT tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.
Konsuelo Vidal Bryus xonim O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuksak baholab, respublikamizning BMT bilan hamkorligi yangi bosqichda rivojlanayotganini ta’kidladi.
Do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tizimli muloqotni davom ettirish, barqaror rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish, umuman hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni davom ettirishga kelishildi.
Mavzuga oid
21:55 / 14.02.2026
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
15:58 / 11.02.2026
BMT Bosh assambleyasi rahbari Berbok BMT nizomiga amal qilishga chaqirdi
15:14 / 06.02.2026
BMTning inson huquqlari bo‘yicha komissari: “Biz - tirik qolish rejimidamiz”
17:19 / 05.02.2026