10:31 / 04.10.2019
0
5305
«ZIL-130»dagi yong‘in oqibatida uch kishi kuyish jarohati oldi
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

2019 yilning 2 oktabr kuni soat 20:26da Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, “Chamanzor” MFY, “Toshkent-Termiz” M-39 yo‘lining 82-km.da harakatlanib ketayotgan fuqaro M.S. boshqaruvida bo‘lgan “ZIL-130” rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, voqea joyiga bitta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Bo‘linma ko‘rsatilgan manzilga 10 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 20:42 da o‘rab olinib, soat 21:00 da bartaraf etilgan. 

Hodisa oqibatida yuk avtomobilining salon, motor qismi va old shinalari yonib zararlangan. Bundan tashqari yuk avtomobilining haydovchisi 1992 y.t. fuqaro M.S. va ikki nafar 1992 y.t. yo‘lovchilar: fuqaro S.I. va fuqaro N.A. kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yuborilganlar. 

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top