16:35 / 06.10.2019
0
10429

Xitoy kompaniyasi Eron gaz loyihasida ishtirok etishdan voz kechdi

Foto: Flickr

Eron neft vaziri Bijan Zangane Xitoyning CNPC neft-gaz kompaniyasi “Janubiy Pars 11” gaz loyihasini ishlab chiqishdan voz kechganini aytdi. Bu haqda Shana agentligi xabar berdi.

"Ha, ular ketishdi", dedi vazir Xitoyning CNPC kompaniyasi loyihani tark etdimi yoki yo‘qmi degan savolga javoban.

Uning qo‘shimcha qilishicha, endi “Janubiy Pars 11” loyihasini ishlab chiqish bilan Eronning Petropars kompaniyasi bir o‘zi shug‘ullanadi.

Janubiy Pars dunyodagi eng katta tabiiy gaz koni. Eron milliy neft kompaniyasi Fransiyaning Total kompaniyasi bilan “Janubiy Pars”ning 11-bosqichini rivojlantirish bo‘yicha 1 milliard dollarlik bitim imzolagandi.  

Total 2018 yil 20 avgustda AQShning Eronga qarshi sanksiyalari bosimi ostida loyihadan chiqishini e'lon qildi. O‘sha yilning noyabr oyi oxirida CNPC “Pars 11” loyihasida Total o‘rnini egallagandi.  

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top