17:30 / 09.10.2019
1
11247
Xorazmda paxta qo‘shib yozish holatining oldi olindi
Foto: KUN.UZ

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabarida aytilgan.

Unda «Qo‘shko‘pir paxta tozalash» AJ mansabdor shaxslari «S.R.» fermer xo‘jaligi rahbari O.K. va boshqalar oldindan til biriktirib, jamiyatga kirim bo‘lgan 2.490 kg paxta xomashyosini qayta jamiyatga topshirish uchun olib kirgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan «Qo‘shko‘pir paxta tozalash» AJ mansabdor shaxslari, «S.R.» fermer xo‘jaligi rahbari O.K. va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan oldin, Qoraqalpog‘istonda paxta qo‘shib yozish holati aniqlangandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top