00:03 / 15.10.2019
11
49361
Deputat AQSh dollaridan voz kechishni taklif qildi 

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi deputati Yormamat Xoliyarov AQSh dollaridan voz kechishni taklif qildi.  

“Xalqaro pul o‘tkazmalarida har bir davlat o‘z milliy valutasi bilan hisob-kitob qilishiga o‘tishi xalqaro iqtisodiyotni yanada jadal rivojlantirishga turtki bo‘ladi. Shuningdek, bu yirik davlatlarning nisbatan kichik davlatlarga nisbatan ehtimoliy tahdidini yo‘qga chiqaradi”, deb aytgan deputat.

Xoliyarovning fikricha, O‘zbekiston Markaziy banki bank siyosatini yaxshilash va yangi me'yorlar hamda mexanizmlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ishlarni boshlashi lozim.

“Xorij valutasi hukmronligi davri o‘zgarish payti kelmoqda. Bu inflatsiyaga qarshi kurashda samarali uslubdir», deb xulosa qilgan deputat.

Ta'kidlanishicha, hozirda jahon savdosidagi oldi-sotdining 70 foizi dollarda amalga oshirilmoqda, lekin AQSh valutasining pozitsiyasi kundan-kunga zaiflashmoqda. Shu boisdan dollardan bir qator mamlakatlar voz kechmoqda. Jumladan, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Eron o‘zaro xalqaro hisob-kitoblardan dollarni siqib chiqarmoqda va milliy valutada muomala qilishga kelishib olishgan. 

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top