08:39 / 16.10.2019
0
46298
Chilonzorda ikki yashar bola 4-qavatdan tushib ketdi
Illyustrativ foto

13 oktabr kuni soat 11:13da 102 raqamiga xabar kelib tushgan, deyiladi Toshkent shahar IIBB ma'lumotida.

Unga ko‘ra, Chilonzor tumanida 2 yoshli M.M. yotoqxonada qarovsiz qoldirilganida, bola karavotga chiqib, deraza tokchasiga o‘tib olgan. Deraza esa ochiq bo‘lgan va bola 4-qavatdagi xonadon derazasidan yiqilib tushgan. Natijada bolaga yetgan tan shikastlari sababli, u hayotdan ko‘z yumgan.

“Hurmatli ota-onalar, sizlardan yosh bolalarni derazasi ochiq qolgan xonalarda yolg‘iz qoldirmaslikni so‘raymiz. Shuningdek, bolalar chiqib olishi oson bo‘lgan mebel, stul va boshqa buyumlarni derazaga zichlab joylashtirmang. Moskit to‘rlarining mustahkamligiga ishonib qolmang – ularning aksariyati bolaning og‘irligiga bardosh beradigan darajada mustahkam emas. Ko‘plar xonadon balkonida balandligi deraza tokchasigacha yetadigan taxtalar o‘rnatishadi. Bu ham baxsiz hodisaga sabab bo‘lishi mumkin. Bu kabi holatlar yuz bermasligi uchun sizlarga derazalar ortiga panjaralar o‘rnatishni hamda oynalarga mustahkam bolalar cheklagichlarini o‘rnatishni tavsiya etamiz”, - deyiladi IIBB ma'lumotida.   

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top