Hujjatga köra, Jamoliddin Husniddinoviç Hojimanovga Çilonzor tumani hokimi vazifasini vaqtinça bajariş yuklatildi.

J.Hojimanov Toşkent şahar Çilonzor tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.

Ma’lumot uçun, 8 avgust kuni prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov boşçiligida Toşkentda 101 tup daraxtga şikast yetkazilgan holat yuzasidan selektor yiğilişi ötkazilgandi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga asosan Çilonzor tumani hokimi Şavkat Mavlonov va prokurori Izzat Bozorov lavozimidan ozod etildi. Mas’uliyatsizlikka yöl qöygani uçun poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxöjayev va prokurori Uluğbek Qosimovga qattiq hayfsan berildi.

Şavkat Mavlonov 2021 yil iyunidan buyon Çilonzor tumaniga rahbarlik qilib kelgandi. U muqaddam Sirdaryo viloyati içki işlar boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.

Bundan oldinroq poytaxtning Çilonzor tumani Çilonzor köçasi avtomobillar harakati uçun kengaytirilişi asnosida aksariyat emanlardan iborat daraxtlar ildizlarining bir qismi qöporib taşlangani jamoatçilik örtasida norozilik uyğotgan, hodisa joyiga boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev, şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev, Ekologiya qömitasi raisi Narzulla Oblomurodov va Prezident administratsiyasi xodimlari yetib borişgandi.