08:22 / 18.10.2019
0
8570
Brakonerlardan olib qo‘yilgan 50 mln so‘mlik baliqlar qariyalar uyiga topshirildi

Xorazmda brakonerlardan olib qo‘yilgan qiymati 50 mln. so‘mdan ko‘p bo‘lgan baliqlar qariyalar uyiga topshirildi. Bu haqda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.

Xorazm viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiya xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri davomida Yangiariq tumani «Chiqirchi» qishlog‘ida yashovchi fuqarolar N.Q. va E.Y. tomonidan leska to‘rlar yordamida Yangiariq tumani «Chiqirchi» qishlog‘i hududidagi «Bo‘riyotoq» tabiiy ko‘l suv havzasidan noqonuniy ravishda jami 244 dona turli baliqlarni noqonuniy ovlaganligi aniqlangan.

Aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha 6 ta leska to‘rlar ashyoviy dalil sifatida vaqtinchalik saqlash uchun olib qo‘yildi. Holat yuzasidan tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 50 mln. 175 ming so‘mni tashkil qildi.

Ushlangan baliqlar viloyat hayvon kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazida tekshirilib, iste'molga yaroqli deb topilgandan keyin Urganch tumanida joylashgan «Xospis-muruvvat» qariyalar uyiga beg‘araz topshirildi. 

Hozirgi kunda mazkur holatda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasida ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli, surishtiruv va tergov harakatlarini olib borish uchun to‘plangan hujjatlar Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top