08:04 / 21.10.2019
0
17491
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Transport vazirligi tomonidan Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridan qo‘shni Tojikiston Respublikasining Shaydon shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. 

Vazirlik xabariga ko‘ra, joriy yilning 19 oktabr kuni MN-28-sonli “Qo‘qon-Shaydon” yo‘nalishining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Shaydon shahri va Farg‘ona viloyati hokimiyati mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Mazkur avtobus qatnovi yo‘nalish masofasi 84,5 km. bo‘lib, Shaydon shahri tomonidan “RAXSh-R.M” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli mikroavtobuslar hamda Qo‘qon shahridan “Mansur Mirzohid” MChJga qarashli ISUZU avtobuslarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatiladi. Yo‘lkira narxi 23 000 so‘m etib belgilandi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top