19 aprel kuni Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tumani sudida şahvoniy şilqimlik qiliş bilan boğliq iş körib çiqildi. Kun.uz sud qarorini örgandi. 

Sud hujjatida keltirilişiça, holat 2023 yilning 15 noyabr kuni sodir bölgan. 1979 yilda tuğilgan A.R. Termiz şahri avtovokzalidan Toşkent şahriga kelayotgan avtobusning içida böla turib, yonida ötirgan ayolning uxlab qolganidan foydalangan holda unga tegajoğlik qilgan. Uyğonib ketgan ayol unga qarşilik körsatgan, erkak esa u bilan janjallaşib, avtovokzalda ommani öziga qaratgan.  

Sudda söroq qilingan huquqbuzar erkak ayolga qöli tegib ketganligini, hozirgi kunda qilgan işidan puşaymonda ekanligini aytib, unga nisbatan yengillik berişni söragan.

Ayol esa avtobusda yonidagi örindiqda ötirgan A.R. u uxlab qolganidan foydalanib, kiyimini yeçib, kökrak qismiga tegajoğlik qilganini, şundan söng uyğonib ketganligi va haydovçiga holatni bildirganini, erkak u bilan janjallaşib, haqorat qilganligini aytib körsatma bergan. Jabrlanuvçi uşbu holat 2023 yil 15 noyabr kuni sodir bölganiga qaramasdan IIO xodimlari A.R.ga nisbatan qonuniy çora körişmaganligini ma’lum qilgan. 

Sud qaroriga köra, A.R. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 41-1-moddasida (şahvoniy şilqimlik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilgan. Unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Avvalroq Toşkent metrosida şilqimlik holatlari köpayayotgani xabar qilingandi.