21:10 / 22.10.2019
0
13059
Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasidagi muzokaralar besh soatdan buyon davom etmoqda

Uchrashuvning asosiy mavzusi Suriyadagi vaziyat hamda Turkiya va AQSh o‘rtasida erishilgan 120 soatga o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvdir.

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Sochida besh soatdan buyon muzokara o‘tkazmoqda.

Uchrashuvning asosiy mavzusi Anqara harbiy operatsiya boshlaganidan so‘ng Suriyada yuzaga kelgan vaziyat hamda Turkiya va AQSh o‘rtasida erishilgan 120 soatga o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvdir.

Avvalroq Kreml vakili Dmitriy Peskov o‘zaro muloqot "batafsil, murakkab va uzoq" davom etishini aytgandi.

Ikki davlat rahbarlarining yuzma-yuz uchrashuvidan so‘ng harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmat rahbari Dmitriy Shugayev jurnalistlarga Anqaraga S-400 majmualarini yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnomalar tuzish masalasi muhokama qilinmaganini ma'lum qildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top