23:34 / 22.10.2019
0
5528
Toshkent viloyatining tog‘li hududidagi 20 gektar ochiq maydonda yong‘in chiqdi
Foto: Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati

2019 yilning 21 oktabr kuni soat 13:40 da Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani, Chorbog‘-Sijjak yo‘lida joylashgan Sarboq MFY Mingchuqur hududidagi “Burchmullo” o‘rmon xo‘jaligiga qarashli ochiq maydonda yong‘in bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Yong‘inni bartaraf etishga 3 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi, 3 ta suv tashuvchi maxsus texnika va o‘rmon xo‘jaligining 100 nafarga yaqin ishchi-xizmatchisi jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 20 daqiqada yetib borgan (eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 10 km). 

Foto: Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 14:37 da o‘rab olingan va 15:10 da bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida 20 gektar ochiq maydonda quruq o‘t, shox-shabba va daraxtlar yongan. Yong‘inning taxminiy kelib chiqish sababi ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizlikdir. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top