22:01 / 23.10.2019
0
9679
2020 yilda sayohatlar uchun eng yaxshi davlatlar va shaharlar ma'lum qilindi 
Foto: Reuters

Butan qirolligi 2020 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi davlatlar reytingiga yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Lonely Planet sayyohlik portalining har yillik tadqiqotida ma'lum qilingan.

“Bu Himoloy jannatining mitti bo‘lagi tashrif buyuruvchilarga gard tegmagan tog‘ so‘qmoqlari bo‘ylab atrof-muhit bilan uyg‘unlikda bo‘la oladigan odamlar hamrohligida sayr qilishga imkon beradi”, deb ta'riflangan Butan portal ekspertlari tomonidan.

Keyingi o‘rinlarni Angliya, Shimoliy Makedoniya, Karib dengizi janubidagi Aruba orol davlati va Janubiy Afrikadagi Esvatini qirolligi (Svazilend) egallagan. Shuningdek, yetakchi o‘ntalikka Kosta-Rika, Niderlandiya, Liberiya, Marokash va Urugvay kiritilgan.

Ta'kidlash joiz, portal sayohat uchun eng yaxshi mintaqa sifatida Markaziy Osiyoni e'tirof etgan.  

Shuningdek, Avstriyaning Zalsburgi 2020 yilda sayohat uchun eng yaxshi shahar deb topilgan. Keyingi o‘rinlarni Vashinton (AQSh), Qohira (Misr) egallagan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top