00:03 / 23.10.2019
0
3650
Olga Zabelinskaya velotrek bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi

Janubiy Koreyaning Chinchxon shahrida velotrek bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi. O‘tkazilgan poygalar milliy jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Ayollar o‘rtasida ochkolar bo‘yicha guruh poygasi yo‘nalishida ishtirok etgan hamyurtimiz Olga Zabelinskaya eng yuqori natija qayd etib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Kumush medal mezbon jamoa vakiliga nasib etgan bo‘lsa, hongkonglik velopoygachi bronza medali bilan taqdirlandi.

Velotrek. Osiyo chempionati. Janubiy Koreya 
Ayollar, ochkolar bo‘yicha guruh poygasi:
1. Olga Zabelinskaya (O‘zbekiston) – 55 ochko
2. A.Na (Janubiy Koreya) – 34
3. B.Leung (Hongkong) – 26

Shunindek, velotrek bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati ham bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekistonlik Behzodbek Rahimboyev o‘smirlar o‘rtasida ochkolar bo‘yicha guruh poygasi yo‘nalishida qatnashib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Velotrek bo‘yicha Osiyo chempionati, Janubiy Koreya 
O‘smirlar, ochkolar bo‘yicha guruh poygasi:
1. Aleksandr Bekenov (Qozog‘iston) – 42 ochko
2. Chi Shen San (Xitoy Taipeyi) – 33
3. Behzodbek Rahimboyev (O‘zbekiston) – 20

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top