09:42 / 24.10.2019
1
26752
Xorazmda er-xotin ikki bolasi bilan is gazidan zaharlanib vafot etdi

Xorazm viloyatida to‘rt kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2019 yil 22 oktabr kuni soat 22:00da Xorazm viloyati Yangiariq tumani, Ostona qishlog‘ida yashovchi fuqaro K.G‘. (1974 y.t., yakka tartibdagi tadbirkor), turmush o‘rtog‘i va ikki nafar farzandi qo‘lbola isitish pechini yonida uxlab qolgan.

Xabarda aytilishicha, natijada ushbu to‘rt kishi xona ichiga tarqalgan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top