22:09 / 25.10.2019
0
12175

OAV: Turkiya va Rossiya Su-35 qiruvchilarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashga yaqin

Foto: TASS/Marina Lysseva

Daily Sabah gazetasining ma'lumot berishicha, Anqara va Moskva kelajakda Turkiya Rossiya samolyotlari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishi bo‘yicha shartnoma imzolashi mumkin.

Anqara va Moskva Turkiyaga 36ta Su-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Daily Sabah gazetasi xabar berdi.

Rossiya harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmati rahbari Dmitriy Shugayevning aytishicha, Turkiyaga Su-35 va Su-57 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar to‘g‘risida gapirishga hali erta. Ammo maslahatlashuvlar davom etmoqda.

Turkiya Rossiya qiruvchi samolyotlarini sotib olishi mumkinligi haqidagi fikrlar Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning 27 avgustda Moskvaga qilgan tashrifidan so‘ng avj olgandi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top