17:00 / 06.11.2019
0
4612
Aziz Obidov Oliy sud raisining matbuot kotibi etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz A'zamovich Obidov Oliy sud raisining matbuot kotibi – axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi va bunda o‘zining avvalgi lavozimini saqlab qoldi.

Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

A. Obidov 1976 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1998 yilda Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetini xalqaro jurnalistika mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Matbuot xizmatida 2005 yildan faoliyat yuritib keladi. 

Oliy sud raisining matbuot kotibi bir vaqtning o‘zida Oliy sud matbuot xizmati rahbari sanaladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top