16:40 / 15.11.2019
0
11051

Avstraliya layneri fuqaro aviatsiyasi tarixidagi eng uzoq parvozni amalga oshirdi

Foto: James D Morgan/Qantas

Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi samolyoti London – Sidney yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilib fuqaro aviatsiyasi tarixidagi eng uzoq davom etgan to‘xtovsiz uchishni amalga oshirdi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Boeing 787-9 Dreamliner samolyoti sinov parvozi davomida havoda 19 soat 19 daqiqa bo‘ldi va bu vaqt ichida 17,8 ming kilometrni bosib o‘tdi. Shunday qilib, birdaniga ikkita jahon rekordi o‘rnatildi: parvoz masofa va vaqt bo‘yicha eng uzun tijorat reysi deb topildi.

Samolyot Londondagi Xitrou aeroportidan 14 noyabr kuni ertalab soat oltida havoga ko‘tarildi. U parvoz davomida Germaniya, Rossiya, Polsha, Belarus, Qozog‘iston va Xitoy ustidan uchib o‘tdi. So‘ngra janubga burildi va Filippin hamda Indoneziya uzra uchib o‘tdi.

Boeing 787-9 256 nafargacha yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, uning bortida 50 kishi, jumladan, to‘rt nafar uchuvchi bo‘ldi. Qayd etilishicha, yo‘lovchilar parvoz davomida tong otishini ikki marta kuzatishgan. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top