00:53 / 16.11.2019
0
5476
O‘zbekiston jiu-jitsu terma jamoasi JChda qatnashish uchun Abu-Dabiga yetib bordi
Foto: O‘zbekiston jiu-jitsu federatsiyasi

15-24 noyabr kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida jiu-jitsu bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada qatnashish uchun amirliklar poytaxtiga 15 noyabr kuni yetib bordi.

Chempionatda dunyoning 60dan ortiq davlatlari sportchilari ishtirok etadi. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidan 17 nafar jiu-jitsuchi joy olgan.

JChda qatnashadigan O‘zbekiston jiu-jitsu terma jamoasi tarkibi: Jo‘rayev Jasur, Usmonov Kamol, Nabiyev G‘ayrat, Usmonov Suxrob, Safarov Rizo, Bozorov Asadullo, Kamolov Kozimjon, Qurbonmurodov Ozod, Eshonxodjayev Xurshid, Xasanov Irshod, Mutalov Sherzod, O‘rinboyeva Jayrona, Toxirov Azizbek, Xudoyberdiyev Mansurbek, Abloqulov Murodillo, Yakubov Ruslan, Mirzarahimova Gulsanam, Yakubov Yusufboy

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda jiu-jitsu federatsiyasi 2017 yilda ochilgan edi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top