Bugun, 25 avgust kuni Osiyo öyinlariga yöl olgan Özbekiston jiu-jitsu jamoasining yana 3 vakili bahslarda qatnaşişdi.

Avvaliga -62 kg vazn toifasida Jahongir Mirahmedov nimçorak finalda BAA vakili Sakl Almarzuiga 0:100 hisobida mağlub böldi.

Nimçorak final doirasida Özbekiston jamoasining -62 kg vazn toifasidagi yana bir vakili Rahimjon Subxonov qirğizistonlik Alimgeldi Abdijamil Uuluga 0:2 hisobida yutqazdi.

-94 kg vazn toifasidagi Ilhom Jörayev esa nimçorak finalda falastinlik Hasan Muhammadga qarşi kuraşişi kerak edi, ammo raqib jangga çiqmadi va Jörayev avtomatik ravişda çorak finalga yöl oldi.

Ilhom Jörayev çorak finalda kuvaytlik Emad Alsumaidni 3:0 hisobida mağlub etdi va yarim finalga yöl oldi. Ammo u yarim finalda iordaniyalik Sami Zaidga yutqazdi. 

Şundan söng Ilhom Jörayev bronza medali uçun jangga çiqdi. Qozoğistonlik Rizan Maxaçevga qarşi bölgan bahsda u 4:4 hisobidagi durangni qayd etgandi. Ammo, faollik evaziga ğalaba raqibga berildi.

24 avgust kuni ham özbekistonlik 4 nafar jiu-jitsuçi öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazişgandi. Ammo ularning heç biri medal ololmagandi.