11:46 / 19.11.2019
0
7496

Andijon viloyatida birinchi marotaba «Talaba-yoshlar xalqaro forumi» o‘tkazilmoqda

Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Andijon viloyatida 17-19 noyabr kunlari “Andijon talaba-yoshlar Xalqaro forumi” o‘tkazilmoqda.

Forumda 250 nafar respublikadagi barcha oliy ta'lim muassasalaridagi faol va iqtidorli talaba-yoshlari va 10 nafar qo‘shni respublikaning faol talabalari ishtirok etdi.

Tadbirning dastlabki kuni ishtirokchilar kutib olinib, yoshlar “Bog‘i Bobur” xiyobonida,  Xo‘jaobod tumani “Mustaqillikning 27 yilligi” MFYda qurib bitkazilgan 1000dan ortiq namunaviy uylarni ko‘rishdi. 

Forum ishtirokchilari “O‘zbekiston Shveytsariyasi” deb nom olgan Xonobod shahrida bo‘lib, mo‘'jazgina shaharchada 45 kun davomida qurib bitkazilgan “dala hovli”larda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Qatnashchilar “Oloviddin” bolalar yozgi dam olish oromgohiga joylashtirilib, Xonobod shahri bo‘ylab tungi sayl tashkil etildi. 

Forumning ikkinchi kuni ishtirokchilar viloyat Yoshlar markazi binosida Forumning ochilish marosimida ishtirok etishdi. Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar uchun viloyatdagi 4ta oliy ta'lim muassasasiga tashrif uyushtirilib, ular o‘zaro tajriba almashdilar hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan fleshmob tashkil etildi.

Ishtirokchilar uchun Registon maydonida hunarmandchilik ko‘rgazmalari namoyish etildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top