04:49 / 24.11.2019
4
67508
GFC-20. Nurmagomedov oktagonga chiqqan O‘zbekistondagi ilk MMA turniri yakunlandi

O‘zbekistonda ilk bor aralash jang san'atlari bo‘yicha GFC-20 (Gorilla Fighting Championship) turniri o‘tkazildi. Turnirga faxriy mehmon sifatida Habib Nurmagomedov taklif etildi. 

«Humo Arena»da o‘tgan 13ta jangning 7tasida o‘zbekistonlik sportchilar ham oktagonga chiqishdi. Nursulton Ro‘ziboyev, Jahongir Jumayev, Ahliddin Mirzadavlatov, Muzaffar Rajabov, Avliyoxon Hamidov g‘alabaga erishishgan bo‘lsa,  Jamshid Rahmonaliyev va Amin Ergashev mag‘lubiyatga uchrashdi. 

Oqshomning markaziy jangi esa rossiyalik Umar Nurmagomedov hamda argentinalik Brayan Gonsales o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda rossiyalik jangchi chempionlik unvonini munosib tarzda himoya qildi va raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi.

Oqshom yakunida O‘zbekiston aralash jang san'atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov va UFC chempioni Habib Nurmagomedov so‘zga chiqib, GFC-20 turniri yuqori saviyada o‘tganini yana bir bor ta'kidlashdi. Habib Nurmagomedov Otabek Umarovga  esdalik kamarini topshirdi.

O‘tkazilgan janglar natijalari:

1. Umar Nurmagomedov (Rossiya)  Brayan Gonsales (Argentina)ni 1-raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etdi.
2. Nursulton Ro‘ziboyev (O‘zbekiston) Artyom Shokalo (Ukraina)ni 3-raundda texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi.
3. Shamil Zavurov (Rossiya) Ivitsa  Trussek (Xorvatiya)ni 3-raundda texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi.
4. Jahongir Jumayev (O‘zbekiston) Devid Som (Fransiya)ni 1-raundda nokautga uchratdi.
5. Avliyoxon Hamidov (O‘zbekiston) Luis Filo (Braziliya)ni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etdi.
6. Ahliddin Mirzadavlatov (O‘zbekiston) Ja'far Ismiyev (Ozarbayjon)ni 1-raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etdi.
7. Muzaffar Rajabov (O‘zbekiston) Aladin Ben Halima (Tunis)ni 1-raundda og‘ritish usuli bilan mag‘lub etdi.
8. Klayd Brunsvik (Surinam) Jamshid Rahmonaliyev (O‘zbekiston)ni 1-raundda nokautga uchratdi.
9. Sergey Alekseyevich (Belarus) Amin Ergashev (O‘zbekiston)ni 1-raundda nokautga uchratdi.
10. Makkasharip Zaynukov (Rossiya)  Klodoaldo Lima (Braziliya)ni 3-raundda texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi. 
11. Saygid Izagahmayev (Rossiya) Kristian Brinzan (Italiya)ni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etdi.
12. Marat Magomedov (Rossiya) Italo Gomes (Braziliya)ni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etdi.
13. Rustam Debishev (Rossiya) Imommahdi Qayumov (Tojikiston)ni 1-raundda og‘ritish usuli bilan mag‘lub etdi.

Muxbir A'zamjon Izzatillayev,
tasvirchi Asad Allanazarov

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top