14:35 / 26.11.2019
1
7734
4ta asosiy turdagi mahsulotning zaxira hajmlari belgilandi
Foto: Getty Images

“2019-2020 yilgi qish-bahor mavsumida respublika aholisini va ijtimoiy soha muassasalarini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2019-2020 yilgi qish-bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning prognoz hajmlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 4 ta asosiy turdagi (kartoshka, piyoz, sabzi, guruch) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining respublika bo‘yicha jami zaxira hajmi 414 399 tonna etib belgilandi.

Shuningdek, ushbu mahsulotlarni zaxiraga g‘amlash uchun mahsulot ishlab chiqaruvchilar, tayyorlov tashkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari o‘rtasida istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktatsiya shartnomalari tuziladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top