21:57 / 27.11.2019
0
12399
«Kavkaz derbisi-2». Abramov «Paxtakor»ni to‘xtatgan o‘yindan fotogalereya

Superliga 25-turining markaziy o‘yini Toshkentda o‘tkazildi. Chempionlikni nishonlab bo‘lgan «Paxtakor» milliy jamoa bosh murabbiyi boshqarayotgan «Bunyodkor» bilan o‘ynadi. Musobaqa jadvali borasida bu o‘yin «Paxtakor» uchun keraksiz edi, ammo mavsumni mag‘lubiyatsiz yakunlashiga ikki qadam qolgan Arveladze jamoasi yaxshigina motivatsiya bilan maydonga tushdi desak bo‘ladi.

Superligaga yangicha intriga olib kelgan arman va gruzin murabbiylar derbisi bu gal ham super tempda o‘tdi. Birinchi davradagi o‘yinda «Paxtakor» 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi. Abramov bu gal revansh olishni uddaladi. Quyida «Paxtakor» — «Bunyodkor» o‘yinidan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top