O‘zbekiston | 15:13 / 29.11.2019
11007
1 daqiqa o‘qiladi

Nursulton Nazarboyevga Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi faxriy raisi maqomi berildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvi faxriy raisi maqomi berildi. Bu haqda uning matbuot kotibi Aydos Ukibay ma'lum qildi.

«Ikkinchi maslahat uchrashuvida delegatsiyalar rahbarlari Nursulton Nazarboyevga Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvining faxriy raisi maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qildilar», - deb yozdi matbuot kotibi Twitter’da.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 29 noyabr kuni, Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Sammit ishida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronboy Jeenbekov, Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etmoqda.

Mavzuga oid