18:40 / 04.12.2019
2
139142
Talabalar uchun qishki ta'til qachon boshlanishi ma'lum bo‘ldi

Kun.uz manbasi ma'lum qilishicha, oliy o‘quv yurtlari talabalarning qishki ta'til kunlari 20 dekabrdan 2020 yilning 5 yanvariga qadar davom etadi. 6 yanvar - dushanba o‘qishning birinchi kuni bo‘ladi.

Shuningdek, ta'til arafasida poyezdlarga imtiyozli chiptalar sotiladi.

Bu o‘zgarishlar 22 dekabr kuni mamlakatda parlament saylovlari bo‘lib o‘tishi bilan bog‘liq. Avvalgi yillarda talabalar 28 dekabrdan qishki ta'tilga chiqishardi va ta'til 10 yanvargacha davom etardi.

Avvalroq Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi talabalar uchun qishki ta'til muddati o‘zgarishi mumkinligi haqida ma'lumot bergandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top