Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim maktablarda darslar onlayn bo‘ladi
Vazirlik 23 yanvardan barcha maktablarda lll chorak boshlanishi haqida rasman xabar berdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi issiqlik ta’minotida muammosi bo‘lgan maktablar holat yaxshilanguniga qadar o‘qishni vaqtincha masofadan olib borishiga ruxsat berilishini ma’lum qildi.
«Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan 23 yanvardan barcha hududlarda III chorak darslari boshlanishini ma’lum qiladi.
Bunda issiqlik ta’minotida muammosi bo‘lgan maktablar holat yaxshilanguniga qadar o‘qishni vaqtincha masofadan olib borishlariga ruxsat etiladi.
Qaysi maktablar vaqtincha masofadan ta’lim olishlari haqida hududlarning ijtimoiy tarmoq kanallari hamda maktab rahbarlari tomonidan bevosita ota-onalarga xabar beriladi», deyiladi vazirlik xabarida.
Yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan murojaatlarni @xtv_nazorat_bot orqali yuborish mumkin.
Chilonzor tumani hokimligi quyidagi 10 ta maktab an’anaviy tarzda ochilishi rejalashtirilganini ma’lum qildi: 126, 217, 90, 103, 128, 66, 131, 164, 195 va 200-maktab.
Onlayn tarzda mashg‘ulotlar olib boriladigan 22 ta maktablar quyidagilar: 101, 201, 270, 280, 281, 138, 162, 163, 168, 79, 173, 178, 179, 181, 182, 183, 184, 114, 188, 202, 232 va 4-maktab.
Mavzuga oid
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
15:20 / 19.06.2026
Samarqandda maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. U sinf rahbari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda
11:45 / 17.06.2026
Soliq oliy maktabida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari ochiladi
13:43 / 02.06.2026