13:40 / 12.12.2019
0
6944

Fuqarolarning 82 000 dollarini qo‘lga kiritgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 

Fuqarolarning 82 000 AQSh dollari hamda 6,5 mln. so‘mini qo‘lga kiritgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqaro Yu.A. va boshqalar o‘zaro oldindan til biriktirib, 2 nafar fuqaroni aldab, “B.B.” MChJga tegishli aksiyalarni olib berish evaziga 50 000 AQSh dollari, Yashnobod tumanidan uy-joy sotib olib berish uchun 27 000 AQSh dollari va 6,5 mln. so‘mini hamda “Lacetti” avtomashinasi olib berish uchun yana 5 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yu.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top