Yaşnobod tumanida 15 ta avtomaşina iştirokida sodir bölgan YTH böyiça ma’lumot taqdim etildi.

Joriy yilning 4 aprel kuni soat 11:00 larda Yaşnobod tumani Maxtumquli köçasida yirik yöl-transport hodisasi qayd etildi.

Toşkent şahar IIBB YHXB xabariga köra, “Kamaz” rusumli tirkamali yuk avtomaşinasi hamda 14 ta yengil avtomaşina: 3 ta Cobalt, 2 ta BYD, 1 ta Tracker-2, 1 ta Spark, 1 ta Damas, 1 ta Nexia-2, 1 ta Nexia-3, 1 ta Cherry, 3 ta Lacetti iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

YTH oqibatida 2 nafar fuqaroga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinçi yordam körsatilgan.

“Barça haydovçilardan belgilangan qoidalarga amal qilişni hamda oraliq masofani saqlab harakatlanişni söraymiz”, deyiladi xabarda.