07:37 / 21.12.2019
1
8506
Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishda qoidabuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llash tartibi ma'lum qilindi
Foto: TASS

Yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish, iqtisod qilishni takomillashtirish va ulardan foydalanishda qoidabuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llash tartibi e'lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga ko‘ra, hukumatning 1994 yil 9 martdagi 124-son “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash to‘g‘risida Nizom qoidabuzarliklar turlari va ularga yo‘l qo‘yganlikda javobgarlikni aniqlashtirish uchun qayta ko‘rib chiqilishi talab etiladi.

“Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun moliyaviy jazolarni qo‘llash to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlanadi.

Undirilgan moliyaviy sanksiyalar summasi to‘liq hajmda yoqilg‘i – energetika sohasini rivojlantirish fondiga soliqqa tortilmagan holda tushiriladi.

Moliyaviy sudlarga moliyaviy sanksiyalarni undirish bo‘yicha da'vo arizalari bilan murojaat etilganda, O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi huzuridagi neft' mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda elektroenergetikada nazorat inspeksiyasi budjet tashkilotlari sifatida davlat bojlarini to‘lashdan ozod etiladi.

Xorijiy va qo‘shma tashkilot hamda korxonalarga moliyaviy sanksiyalarni qo‘llanishi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida hamda xalqaro shartnoma va kelishuvlarga rioya etgan holda qo‘llaniladi.

Moliyaviy sanksiyalar miqdori tekshirish olib borilayotgan vaqtda tashkilot, korxona tomonidan yoqilg‘i – energetika resurslarini kirim qilingan haqiqiy narxdan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Neft, gaz kondensati, tabiiy gaz, neft mahsulotlari, suyultirilgan uglevodorod gazi, siqilgan tabiiy gazni yetkazib berish va foydalanishda qoidabuzarliklar quyidagilar:

a) quyidagi hollarda korxonalar va tashkilotlarga qarashli neft mahsulotlarini va suyultirilgan uglevodorod gazni noqonuniy o‘zlashtirib olish va xo‘jasizlik bilan sarflash, ularni neft omborlaridan va davlat transport vositalaridan noqonuniy sotishga tenglashtiriladi:

qalbaki hujjatlar va tovarsiz operatsiyalar rasmiylashtirish hamda yetkazib beruvchi va qabul qiluvchi o‘rtasida o‘zaro til biriktirish orqali neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini o‘zlashtirish;

o‘lchov ma'lumotlari (quyish balandligi, hajm, zichlik, temperatura va boshqa ko‘rsatkichlar) hamda neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazining rusumlarini buzish yo‘li bilan yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan temir yo‘l, avtomobil sisternalari va iste'molchilar taralariga neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini to‘liq quymaslik;

yoqilg‘i va moy tarqatish kolonkalari orqali neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini to‘liq quymaslik va ularni kalibrlanmagan idishda tarqatish;

neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazlarini xo‘jasizlarcha sarflanishi - yoqilg‘i iste'mol qiluvchi texnikalarning yuk ko‘tarish qobiliyatidan, masofadan, quvvatidan, tirkamadan to‘liq foydalanmaslik hisobiga, yuk tashish va maxsus avtomobillarda mansabdor shaxslarni tashish, shuningdek ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan masofa, belgilangan masofadan ortiqcha sarf, dvigatellarni uzoq muddat behuda ishlatish bilan bog‘liq nooqilona foydalanishlar;

avtotransport vositalari, mexanizmlar va boshqa neft mahsulotlari hamda suyultirilgan uglevodorod gazi iste'mol qiluvchi texnika va texnologiyalardan g‘araz maqsadlarda foydalanish;

korxona va tashkilotlarga qarashli neft omborlari, AYoQSh, AGTSh, AGTKShlaridan (tarqatish varaqalari orqali) hamda davlat transport vositalarining baklaridan yonilg‘i – moylash materiallari, suyultirilgan ugdevodorod gazi va siqilgan tabiiy gazni boshqa tashkilot va xususiy shaxslarga sotish;

iste'molchilar tomonidan amaldagi qoida va me'yoriy hujjatlar talablarini buzgan holda to‘g‘ridan - to‘g‘ri shartnoma, limitlar, kvotalar yoki reja asosida tarqatilgan neft mahsulotlarini, suyultirilgan uglevodorod gazni va tabiiy gazni boshqa tashkilotlarga tarqatish va almashish;

b) neft, neft mahsulotlari va gazni nomuvofiq maqsadda ishlatish, qonun hujjatlariga muvofiq, tasdiqlangan me'yorlardan ortiqcha sarflashga teng, jumladan:

amaldagi o‘rnatilgan davlat standartlari asosida belgilangan ro‘yxatni buzgan holda neft mahsulotlaridan foydalanish xususan dizel yoqilg‘isini ma'muriy, ishlab chiqarish, va kommunal maishiy binolarda isitish uchun, novvoyxona, hammom, issiqxona va boshqalarda ko‘mir, gaz, mazut va qozon-pech yoqilg‘isi o‘rniga foydalanish;

avtomototransport ishida, yo‘l qurilish mexanizmlarida va boshqa yoqilg‘i iste'mol qiladigan mahsulot, tovarlar ishlab chiqarilishi hamda xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan texnikalarda neft, neft mahsulotlari va gazni o‘rnatilgan (tasdiqlangan) me'yordan ortiqcha sarflash;

v) neft, neft mahsulotlari va gazni texnologik yo‘qotishlar va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, tabiiy kamayish yoki qo‘shib yozilgan ish hajmi hisobiga asossiz hisobdan chiqarish hollarida:

tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirmagan holda va qalbaki hujjatlar orqali neft, neft mahsulotlari va gazni hisobdan chiqarish;

neft, neft mahsulotlari va gazni omborxona hisob operatsiyalarida qurilmaning nosozligi, tashishda, to‘kish (quyib olish)da, saqlashda va tarqatishda, ishlarni noto‘g‘ri tashkillashtirilganligi tufayli tabiiy yo‘qotishlarni me'yordan ortiqcha hisobdan chiqarish hamda neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi yo‘qotishlari miqdorini noto‘g‘ri hisoblash;

ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda yoqilg‘i iste'mol qiluvchi texnikaning amalda bajarmagan (qo‘shib yozilgan) ish hajmlari uchun neft, neft mahsulotlari va gazni hisobdan chiqarish;

g) quyidagi hollarda yetkazib beruvchi hamda sotuvchi tashkilotlar va korxonalar tomonidan, shuningdek, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi iste'molchilari tomonidan neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini sifati buzilganda, hamda neft mahsulotlarini va suyultirilgan uglevodorod gazini tashish qoidalariga rioya qilmaganligida:

turli markadagi neft mahsulotlarini aralashtirish yo‘li sifatni qasddan buzish;

rezervuarlar, texnologik quvur liniyalari, transport vositalarini tayyorlash (tozalash) bo‘yicha davlat standartlari talablariga va tegishli davlat standartlarining boshqa talablariga javob bermaslik natijasida neft mahsulotlarining sifatini buzish;

sifat pasportisiz kelib tushgan kondensatlanmagan neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish hamda ularni saqlash va sotish;

neft bazalar, umumiy foydalanishdagi GTSh, GTP, AYoQSh, AGTShlar va neft omborlaridan past sifatli neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini sotish;

neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini tashishda sifatini buzish, tashish qoidalariga rioya etilmaslik, avtosisternalarni tamg‘asiz va neft mahsulotlari sifat pasportlarisiz tashishga teng.

neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib beruvchilardan vagon-tsesternalarni tamg‘asiz va qabul qilish tartiblariga rioya qilmagan holda qabul qilgani uchun ya'ni neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazni qabul qilish va tashish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan amaldagi qoida va yo‘riqnoma talablarini hamda Respublika hukumat va direktiv organlarning ko‘rsatmalariga xilof ravishda qabul qilingan;

ye) neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib beruvchi va sotishni amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlarga avtosisternalarni tamg‘alamasdan va sifat pasportisiz past sifatli neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazganligi uchun;

yo) past sifatli hamda kamomad va gazni yo‘qotishlarga sabab bo‘lgan texnologik jarayonlar va rejimlarni buzilishi;

j) iste'molchilarga sifat sertifikatisiz va boshqa tegishli hujjatlarsiz suyultirilgan uglevodorod gazi va siqilgan gazni tarqatish hamda tarqatish texnologiyalarini amaldagi standartlarga mos kelmasligi gazni noqonuniy o‘zlashtirish va xo‘jasizlarcha sarflanishiga tenglashtiriladi;

Tabiiy gaz yetkazib berishda va foydalanishdagi qoidabuzarliklar quyidagicha:

a) Amaldagi tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida ko‘zda tutilgan qoidabuzarliklar;

b) iste'molchilarni gazlashtirish hujjatlarida va tabiiy gazni yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘zda tutilmagan qo‘shimcha gazdan foydalanuvchi jihozlarning o‘zboshimchalik bilan ulanishi;

v) iste'molchilarni gazlashtirish va tabiiy gazdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarini rasmiylashtirmasdan hamda tabiiy gazni yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma tuzmasdan o‘zboshimchalik bilan gaz tarmoqlariga ulanishi;

g) shartnoma tuzmasdan iste'molchilarga gaz yetkazib berish;

d) iste'molchilarga shartnomada ko‘rsatilgan miqdorlardan ortiqcha gaz yetkazib berish (ortiqcha yetkazib berilgan gaz miqdori hisobot oyi davomida gaz ta'minoti (gaz transportirovka qiluvchi) tashkilotlari bilan gaz yetkazib berish yuzasidan o‘zaro tuzilgan shartnoma asosida, belgilangan shakldagi hisobot, belgilangan tartibda oylik yetkazib berilgan va qabul qilingan gaz uchun o‘zaro tuzilgan dalolatnoma bilan aniqlanadi);

ye) gazlashtirish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan gaz yetkazib berish shartnomasini tuzish va yetkazib berish;

yo) iste'molchilarning yoqilg‘idan foydalanuvchi jihozlari (qurilmalari)ga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan me'yorlardan ortiqcha va ko‘zda tutilmagan yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yish;

j) “O‘zneftgazinspeksiya”ning tegishli xulosasisiz iste'molchilarning foydalanuvchi qurilmalarida sinov-sozlash ishlarini amalga oshirish;

z) gaz ta'minoti korxonalari tomonidan magistral gaz quvurlari va gaz taqsimlash tarmoqlari orqali tabiiy gazni qabul qilish, tashish va yetkazib berishda me'yordan ortiqcha yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yish;

i) gaz ta'minoti korxonalari texnik shartlarisiz qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;

k) loyihalashtirishga texnik shartlarsiz obektlarda qurilish loyihalari asosida bajarilgan, rekonstruksiya qilingan va texnik qayta jihozlangan yoqilg‘i ishlatuvchi jihozlar (qurilmalar)da gazdan foydalanish.

 

Quyida keltirilganlar elektr va issiqlik energiyasini yetkazib berish va undan oqilona va samarali foydalanishdagi qoidabuzilishlar hisoblanadi:

 

a) iste'molchilar tomonidan elektr qurilmalarini yagona elektr energetikasi tizimi elektr tarmoqlariga yoki issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarini issiqlik ta'minoti korxonalari tarmoqlariga tegishli shartnoma tuzmasdan o‘zboshimchalik bilan ulab qo‘yilishi;

b) kondensatning shartnomada ko‘rsatilgan miqdorlar doirasida qaytarilib berilmasligi;

v) isitish tarmoqlaridan suvning to‘kib yuborilishi, izolyatsiyaning buzilishi va issiqlik-bug‘ quvurlari, issiqlik tarmoqlaridan, sanoat korxonalari va tashkilotlarining issiqlik ishlatiladigan asbob-uskunalardan izolyatsiyasiz foydalanish;

g) korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan ishlab chiqarish zaruriyati bo‘lmagan holda jihozlarning unumsiz yoki behuda ishlatilishi oqibatida energiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri isrof qilinishi, reaktiv quvvatlarni tiklash vositalarining ishlash tartibi buzilishi yoki unga rioya qilmaslik;

d) korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda qisilgan havo, suv, bug‘ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri isrof qilinishi, shuningdek, kondensatning oqizib yuborilishi, issiqlik tarmoqlarini suvga bostirib yuborilishi, mavjud ikkilamchi energiya manbalaridan foydalanmaslik yoki zarur darajada foydalanishni ta'minlamaslik;

ye) elektr hisoblagich ko‘rsatgichlarini o‘zgartirish maqsadida elektr yoki issiqlik energiyasini hisobga olish tizimining buzilishi, shu jumladan elektr hisoblagich ishlashiga tashqaridan ruxsatsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashish;

j) elektr bilan yoritishdan ishlab chiqarish zaruratisiz qonunchilikka muvofiq belgilangan normalardan ortiq foydalanish, shuningdek kunning yorug‘ vaqtida elektr yoritgichlar bilan hududni maqsadsiz yoritib qo‘yish;

z) energetika asbob-uskunalari va tarmoqlarining belgilangan qoidalar talablariga javob bermaydigan qoniqarsiz texnik holati, energiya qurilmalari va tarmoqlarining texnik holatidagi hamda ulardan foydalanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha “O‘zenergoinspeksiya”ning yozma ko‘rsatmalarini muntazam bajarilmaslik;

i) iste'molchi elektr qurilmalari ekspluatatsiya qilishga tayyorligi to‘g‘risida “O‘zenergoinspeksiya”ning xulosasi bo‘lmay turib, ta'minotchi tomonidan elektr ta'minoti shartnomasini tuzilishi va elektr energiyasi yetkazib berilishi;

k) iste'molchida belgilangan muddatlarda majburiy energetika tekshiruvi o‘tkazilmaganligi;

l) energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlari normativ hujjatlar talablariga mos kelmaydigan mahsulot ishlab chiqarish;

Nizom bilan qoidabuzarliklar uchun quyidagi moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishi ko‘zda tutilmoqda:

Neft mahsulotlaridan foydalanish:

a) korxonalar va tashkilotlarga qarashli neft mahsulotlarini va suyultirilgan uglevodorod gazni noqonuniy o‘zlashtirish va xo‘jasizlarcha sarflash, shuningdek neft omborlaridan va davlat transport vositalaridan noqonuniy sotish aybdor yuridik shaxslardan mahsulot qiymatining 3 baravar miqdorida undirilishiga asos bo‘ladi jumladan:    

qalbaki hujjatlar va tovarsiz operatsiyalar rasmiylashtirish hamda yetkazib beruvchi va qabul qiluvchi o‘rtasida o‘zaro til biriktirish orqali neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini o‘zlashtirish;

o‘lchov ma'lumotlari (quyish balandligi, hajm, zichlik, temperatura va boshqa ko‘rsatkichlar) hamda neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazining rusumlarini buzish yo‘li bilan yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan temir yo‘l, avtomobil sisternalari va iste'molchilar taralariga neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini to‘liq quymaslik;

yoqilg‘i va moy tarqatish kolonkalari orqali neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini to‘liq quymaslik va ularni kalibrlanmagan idishda tarqatish;

neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazlarini xo‘jasizlarcha sarflanishi - yoqilg‘i iste'mol qiluvchi texnikalarning yuk ko‘tarish qobiliyatidan, masofadan, quvvatidan, tirkamadan to‘liq foydalanmaslik hisobiga, yuk tashish va maxsus avtomobillarda mansabdor shaxslarni tashish, shuningdek ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan masofa, belgilangan masofadan ortiqcha sarf, dvigatellarni uzoq muddat behuda ishlatish bilan bog‘liq nooqilona foydalanishlar;

avtotransport vositalari, mexanizmlar va boshqa neft mahsulotlari hamda suyultirilgan uglevodorod gazi iste'mol qiluvchi texnika va texnologiyalardan g‘araz maqsadlarda foydalanish;

korxona va tashkilotlarga qarashli neft omborlari, AYoQSh, AGTSh, AGTKShlaridan (tarqatish varaqalari orqali) hamda davlat transport vositalarining baklaridan yonilg‘i – moylash materiallari, suyultirilgan ugdevodorod gazi va siqilgan tabiiy gazni boshqa tashkilot va xususiy shaxslarga sotish;

iste'molchilar tomonidan amaldagi qoida va me'yoriy hujjatlar talablarini buzgan holda to‘g‘ridan - to‘g‘ri shartnoma, limitlar, kvotalar yoki reja asosida tarqatilgan neft mahsulotlarini, suyultirilgan uglevodorod gazni va tabiiy gazni boshqa tashkilotlarga tarqatish va almashish;

b) neft, neft mahsulotlari va gazni nomuvofiq maqsadda ishlatish, qonun hujjatlariga muvofiq, tasdiqlangan me'yorlardan ortiqcha sarflash aybdor yuridik shaxslardan mahsulot qiymatining 50 foizi miqdorida undirilishiga asos bo‘ladi jumladan:   

amaldagi o‘rnatilgan davlat standartlari asosida belgilangan ro‘yxatni buzgan holda neft mahsulotlaridan foydalanish xususan dizel yoqilg‘isini ma'muriy, ishlab chiqarish, va kommunal maishiy binolarda isitish uchun, novvoyxona, hammom, issiqxona va boshqalarda ko‘mir, gaz, mazut va qozon-pech yoqilg‘isi o‘rniga foydalanish;

avtomototransport ishida, yo‘l qurilish mexanizmlarida va boshqa yoqilg‘i iste'mol qiladigan mahsulot, tovarlar ishlab chiqarilishi hamda xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan texnikalarda neft, neft mahsulotlari va gazni o‘rnatilgan (tasdiqlangan) me'yordan ortiqcha sarflash;

neft, neft mahsulotlari va gazni texnologik yo‘qotishlar va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, tabiiy kamayish yoki qo‘shib yozilgan ish hajmi hisobiga asossiz hisobdan chiqarish aybdor yuridik shaxslardan mahsulot qiymatining 3 baravar miqdorida undirilishiga asos bo‘ladi, jumladan:   

tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirmagan holda va qalbaki hujjatlar orqali neft, neft mahsulotlari va gazni hisobdan chiqarish;

neft, neft mahsulotlari va gazni omborxona hisob operatsiyalarida qurilmaning nosozligi, tashishda, to‘kish (quyib olish)da, saqlashda va tarqatishda, ishlarni noto‘g‘ri tashkillashtirilganligi tufayli tabiiy yo‘qotishlarni me'yordan ortiqcha hisobdan chiqarish hamda neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi yo‘qotishlari miqdorini noto‘g‘ri hisoblash;

ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda yoqilg‘i iste'mol qiluvchi texnikaning amalda bajarmagan (qo‘shib yozilgan) ish hajmlari uchun neft, neft mahsulotlari va gazni hisobdan chiqarish;

g) yetkazib beruvchi hamda sotuvchi tashkilotlar va korxonalar tomonidan, shuningdek, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi iste'molchilari tomonidan neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini sifati buzilganda, hamda neft mahsulotlarini va suyultirilgan uglevodorod gazini tashish qoidalariga rioya qilmaganligi aybdor yuridik shaxslardan mahsulot qiymatining 50 foizi miqdorida undirilishiga asos bo‘ladi, jumladan:   

turli markadagi neft mahsulotlarini aralashtirish yo‘li sifatni qasddan buzish;

rezervuarlar, texnologik quvur liniyalari, transport vositalarini tayyorlash (tozalash) bo‘yicha davlat standartlari talablariga va tegishli davlat standartlarining boshqa talablariga javob bermaslik natijasida neft mahsulotlarining sifatini buzish;

sifat pasportisiz kelib tushgan kondensatlanmagan neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish hamda ularni saqlash va sotish;

neft bazalar, umumiy foydalanishdagi GTSh, GTP, AYoQSh, AGTShlar va neft omborlaridan past sifatli neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini sotish;

neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini tashishda sifatini buzish, tashish qoidalariga rioya etilmaslik, avtosisternalarni tamg‘asiz va neft mahsulotlari sifat pasportlarisiz tashishga teng.

d) Neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib beruvchilardan vagon-tsesternalarni tamg‘asiz va qabul qilish tartiblariga rioya qilmagan holda qabul qilgani uchun ya'ni neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazni qabul qilish va tashish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan amaldagi qoida va yo‘riqnoma talablarini hamda Respublika hukumat va direktiv organlarning ko‘rsatmalariga xilof ravishda qabul qilinishi tashilayotgan neft mahsulotlari qiymatining 50 foizi miqdorida neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish va tashish bilan shug‘ullanadigan tashkilotlardan undirilishiga asos bo‘ladi;

ye) neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib beruvchi va sotishni amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlarga avtosisternalarni tamg‘alamasdan va sifat pasportisiz past sifatli neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazganligi uchun aybdor shaxslardan past sifatli neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazi qiymati hamda ularning sifatini tiklash bilan bog‘liq barcha xarajatlar undirilishiga sabab bo‘ladi;

yetkazib beruvchi va sotuvchi korxona va tashkilotlar tomonidan neft mahsulotlari sifatini tiklash uchun barcha xarajatlar undiriladi;

yo) past sifatli hamda kamomad va gazni yo‘qotishlarga sabab bo‘lgan texnologik jarayonlar va rejimlarni buzilishi aybdor shaxslardan past sifatli mahsulotlar miqdorlari 50 foizi hamda gaz yetishmovchiligi va va yo‘qotishlari undiriladi;

j) iste'molchilarga sifat sertifikatisiz va boshqa tegishli hujjatlarsiz suyultirilgan uglevodorod gazi va siqilgan gazni tarqatish hamda tarqatish texnologiyalarini amaldagi standartlarga mos kelmasligi gazni noqonuniy o‘zlashtirish va xo‘jasizlarcha sarflanishi aybdor shaxslardan sertifikatlanmagan gaz miqdorining 50 foizi undirilishiga sabab bo‘ladi;

Gazdan foydalanish:

a) iste'molchilarni gazlashtirish hujjatlarida va tabiiy gazni yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘zda tutilmagan qo‘shimcha gazdan foydalanuvchi jihozlarni o‘zboshimchalik bilan ulanishi aybdor shaxslardan gaz tarmog‘iga ulangan vaqtdan sarflangan gazning obektni (qurilmani) tarmoqdan majburiy uzilishi bilan 10 baravar miqdori undirilishiga sabab bo‘ladi;

b) iste'molchilarni gazlashtirish va tabiiy gazdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarini rasmiylashtirmasdan hamda tabiiy gazni yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma tuzmasdan o‘zboshimchalik bilan gaz tarmoqlariga ulanishi aybdor shaxslardan gaz tarmog‘iga ulangan vaqtdan sarflangan gazning obektni (qurilmani) tarmoqdan majburiy uzilishi bilan 10 baravar miqdori undirilishiga sabab bo‘ladi;

v) shartnoma tuzmasdan iste'molchilarga gaz yetkazib berish aybdor shaxslardan gaz tarmog‘iga ulangan vaqtdan sarflangan gazning obektni (qurilmani) tarmoqdan majburiy uzilishi bilan 10 baravar miqdori undirilishiga sabab bo‘ladi;

g) iste'molchilarga shartnomada ko‘rsatilgan miqdorlardan ortiqcha gaz yetkazib berish (ortiqcha yetkazib berilgan gaz miqdori hisobot oyi davomida gaz ta'minoti (gaz transportirovka qiluvchi) tashkilotlari bilan gaz yetkazib berish yuzasidan o‘zaro tuzilgan shartnoma asosida, belgilangan shakldagi hisobot, belgilangan tartibda oylik yetkazib berilgan va qabul qilingan gaz uchun o‘zaro tuzilgan dalolatnoma bilan aniqlanadi) aybdor shaxslardan shartnomadan ortiqcha yetkazib berilgan hajmni 5 baravarini undirilishiga sabab bo‘ladi;

d) gazlashtirish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan gaz yetkazib berish shartnomasini tuzish va yetkazib berish gaz yetkazib beruvchi tashkilotlardan sotilgan gazning 10 baravari miqdorini undirilishiga sabab bo‘ladi;

ye) iste'molchilarning yoqilg‘idan foydalanuvchi jihozlari (qurilmalari)ga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan me'yorlardan ortiqcha va ko‘zda tutilmagan yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yish iste'molchilardan tekshiruv o‘tkazilgan vaqtdan o‘tgan 12 oyida nooqilona sarflangan gazning 50 foizi undirilishiga sabab bo‘ladi;

yo) “O‘zneftgazinspeksiya”ning tegishli xulosasisiz iste'molchilarning foydalanuvchi qurilmalarida sinov-sozlash ishlarini amalga oshirish ushbu ishlarni amalga oshirgan tashkilotlardan ishga tushirish va rejim-sozlash ishlari smeta hajmining 10 foizi barcha ishlarni to‘xtatib, obektni (qurilmani) gaz tarmog‘idan uzgan holda undirilishiga sabab bo‘ladi;

j) gaz ta'minoti korxonalari tomonidan magistral gaz quvurlari va gaz taqsimlash tarmoqlari orqali tabiiy gazni qabul qilish, tashish va yetkazib berishda me'yordan ortiqcha yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yish tekshiruv o‘tkazilgan vaqtdan o‘tgan 12 oyida nooqilona sarflangan gazning 50 foizi undirilishiga sabab bo‘ladi;

z) gaz ta'minoti korxonalari texnik shartlarisiz qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish qurilish-montaj ishlari smeta qiymatining 50 foizi undirilishiga sabab bo‘ladi;

i) loyihalashtirishga texnik shartlarsiz obektlarda qurilish loyihalari asosida bajarilgan, rekonstruksiya qilingan va texnik qayta jihozlangan yoqilg‘i ishlatuvchi jihozlar (qurilmalar)da gazdan foydalanish loyiha ishlarining 50 foizi undirilishiga sabab bo‘ladi;

Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanishda:

a) iste'molchilar tomonidan elektr qurilmalarini yagona elektr energetikasi tizimi elektr tarmoqlariga yoki issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarini issiqlik ta'minoti korxonalari tarmoqlariga tegishli shartnoma tuzmasdan o‘zboshimchalik bilan ulab qo‘yilishi, ushbu iste'molchilar tomonidan ishlatilgan elektr va issiqlik energiyasi qiymatining 2 baravarini undirib olishga sabab bo‘ladi;

b) kondensatning shartnomada ko‘rsatilgan miqdorlar doirasida qaytarilib berilmasligi, iste'molchidan qaytarilmagan miqdor qiymatining 50 foizi miqdorida mablag‘ undirib olinishiga sabab bo‘ladi;

v) isitish tarmoqlaridan suvning to‘kib yuborilishi, izolyatsiyaning buzilishi va issiqlik-bug‘ quvurlari, issiqlik tarmoqlaridan, sanoat korxonalari va tashkilotlarining issiqlik ishlatiladigan asbob-uskunalardan izolyatsiyasiz foydalanish, aybdor shaxslardan isrof bo‘lgan issiqlik energiyasi hajmining asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan hajmi qiymatining 3 baravari miqdorida mablag‘ undirib olinishiga sabab bo‘ladi;

g) korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan ishlab chiqarish zaruriyati bo‘lmagan holda jihozlarning unumsiz yoki behuda ishlashi oqibatida energiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri isrof qilinishi, reaktiv quvvatlarni tiklash vositalarining ishlash tartibi buzilishi yoki unga rioya qilmaslik, ulardan asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof bo‘lgan elektr va issiqlik energiyasi qiymatining 50 foizi miqdorida mablag‘ undirib olinishiga sabab bo‘ladi;

d) korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda qisilgan havo, suv, bug‘ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri isrof qilinishi, shuningdek, kondensatning oqizib yuborilishi, issiqlik tarmoqlarini suvga bostirib yuborilishi, mavjud ikkilamchi energiya manbalaridan foydalanmaslik yoki zarur darajada foydalanishni ta'minlamaslik, ulardan asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof bo‘lgan elektr va issiqlik energiyasi qiymatining 50 foizi miqdorida mablag‘ undirib olinishiga sabab bo‘ladi;

ye) elektr hisoblagich ko‘rsatgichlarini o‘zgartirish maqsadida elektr yoki issiqlik energiyasini hisobga olish tizimining buzilishi, shu jumladan elektr hisoblagich ishlashiga tashqaridan ruxsatsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashish, aybdorlardan hisobga olish asboblari so‘nggi marta tekshirilgan paytdan boshlab foydalanilgan elektr va issiqlik energiyasi hajmi qiymatining 50 foizi miqdorida mablag‘ni undirib olinishiga sabab bo‘ladi;

j) iste'molchilar tomonidan elektr bilan yoritishdan ishlab chiqarish zaruratisiz qonunchilikka muvofiq belgilangan normalardan ortiq foydalanish, shuningdek kunning yorug‘ vaqtida elektr yoritgichlar bilan hududni maqsadsiz yoritib qo‘yish, yorug‘lik texnikasi uskunasining o‘rnatilgan quvvatidan va uskunalardan foydalaniladigan soatlarning yillik sonidan kelib chiqib, ushbu maqsadlarda foydalanilgan elektr energiyasi qiymatining 50 foizi miqdorida mablag‘ undirib olinishiga sabab bo‘ladi;

z) energetika asbob-uskunalari va tarmoqlarining belgilangan qoidalar talablariga javob bermaydigan qoniqarsiz texnik holati, energiya qurilmalari va tarmoqlarining texnik holatidagi hamda ulardan foydalanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha “O‘zenergoinspeksiya”ning yozma ko‘rsatmalarini muntazam bajarilmaslik, ushbu qurilmalar balansida bo‘lgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga nisbatan ishlatiladigan, uzatiladigan yoki mazkur qurilmalar bilan vujudga keltiriladigan energiya o‘rtacha oylik hajmi qiymatining 25 foizi miqdorida iqtisodiy chora qo‘llashga sabab bo‘ladi;

i) iste'molchi elektr qurilmalari ekspluatatsiya qilishga tayyorligi to‘g‘risida “O‘zenergoinspeksiya”ning xulosasi bo‘lmay turib, ta'minotchi tomonidan elektr ta'minoti shartnomasini tuzilishi va elektr energiyasi yetkazib berilishi, ushbu ta'minotchidan iste'molchi elektr qurilmalari ekspluatatsiya qilishga tayyorligi to‘g‘risida “O‘zenergoinspeksiya”ning xulosasi bo‘lmay turib iste'molchiga yetkazib berilgan elektr energiyasi qiymatining 100 foizi miqdorida mablag‘ undirib olinishiga sabab bo‘ladi;

k) iste'molchida belgilangan muddatlarda majburiy energetika tekshiruvi o‘tkazilmaganligi, ushbu iste'molchiga nisbatan uning oxirgi yildagi o‘rtacha oylik elektr energiyasi sarfi hajmi qiymatining 25 foizi miqdorida iqtisodiy chora qo‘llashga sabab bo‘ladi;

l) ishlab chiqaruvchi tomonidan energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlari normativ hujjatlar talablariga mos kelmaydigan mahsulot ishlab chiqarilishi; undan normativ hujjatlar bilan belgilangan samaradorlik ko‘rsatgichlaridan ortiq o‘rtacha oylik sarflangan elektr energiyasi hajmi qiymatini undirib olinishiga sabab bo‘ladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top