16:31 / 22.12.2019
0
4667

Xalqaro matbuot markazidan fotoreportaj: jurnalistlar saylov jarayonini qanday yoritmoqda?

22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligi uchun o‘tkazilayotgan saylovlarni yoritib borish uchun 70dan ortiq xorijiy OAVning 131 nafar vakili hamda 800ga yaqin mahalliy jurnalist akkreditatsiyadan o‘tgan.

Akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalistlarning bir qismi Xalqaro matbuot markazida faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, bu yerdagi ulkan monitor orqali 60 ta saylov uchastkasidagi ovoz berish jarayonlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya qilinmoqda.

Mahalliy va xorijiy jurnalistlardan tashqari ayrim xalqaro kuzatuvchilar ham Xalqaro matbuot markazidan turib saylov jarayonini kuzatib borishmoqda, mutasaddilardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishmoqda, ommaviy axborot vositalariga ko‘rgan-kechirganlari haqida intervyular berishmoqda.

Shu paytgacha bu yerda Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov, Ichki ishlar vakili Po‘lat Bobojonov, Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov, Markaziy saylov komissyaisi a'zosi Xudoyor Mamatovlar ishtirokida matubot anjumanlari va brifinglar bo‘lib o‘tdi.

Oldinda Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Oliy sud raisi Kozim Komilov, Markaziy saylov komissiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Mahmud Istamov ishtirokidagi matbuot anjumanlari va birifinglar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Kun.uz muxbirlari Xalqaro matbuot markazi va saylov uchastkasidan turib saylov jarayoniga oid eng muhim yangiliklarni o‘quvchilariga yetkazishda davom etadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top