23:41 / 25.12.2019
0
19739

Alisher Usmonov telefondagi suhbatlarni tinglash qurilmalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyani sotib olishi mumkin

Foto: Reuters

«MegaFon» Anton Cherepennikovga qarashli «IKS Xolding»ni sotib olishi mumkin, ammo ularning birlashishi rejalashtirilmagan, deb xabar berdi «Interfaks» agentligi.

 «Hech qanday birlashish bo‘lmaydi. Balki «MegaFon» «IKS Xolding»ni sotib olar, — deya Usmonovning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda agentlik.

«MegaFon» 70,32 foizga Alisher Usmonovning USM Group kompaniyasiga tegishli, qolgan 29,68 foiz ulushiga «MegaFon Finans» sho‘'ba kompaniyasi egalik qiladi.

«Intellektualniye kompyuterniye sistemi» xoldingi 2018 yil dekabrda ro‘yxatga olingan va uning 99 foizi Cherepennikovga tegishli. Uning boshqaruvi ostida 23ta aktiv bo‘lib, ular orasida axborot xavfsizligi tizimlarini yetkazib berish, ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarish, investitsiyalar bilan shug‘ullanuvchi «Forpost», «Tsitadel» va «Kriptonit» kabi kompaniyalar bor..

Anton Cherepennikovning asosiy biznesi hamisha Alisher Usmonov bilan bog‘liq bo‘lgan – u Usmonovdan sotib olgan yoki Usmonovga sotgan.

Ularning birinchi ommaviy kelishuvi USM Group kompaniyasining Cherepennikovga qarashli Virtus.Pro kibersport jamoasiga 100 mln dollar investitsiya kiritishi bo‘lgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top