Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Usmonovning advokatlari sanksiyalarni oqlash uchun foydalanilgan tvitlarni o‘chirtirishga erishdi
Yevropa Ittifoqi ushbu tvitlardagi iboralardan sanksiyalarni asoslash uchun foydalangan edi.
Germaniya Federal jinoyat politsiyasi boshqarmasi va iqtisodchi Anders Oslund rossiyalik milliarder Alisher Usmonov va uning singlisi Gulbahor Ismoilovaning advokatlari talabiga ko‘ra, X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z tvitlarini o‘chirib tashladi. Bu haqda biznesmen advokatlariga tayanib RBK xabar berdi.
Oslund 2022 yil yanvar oyida Usmonov va Roman Abramovichni «Putinning sevimli oligarxlari» deb atagan tvitlarini e’lon qildi. Yevropa Ittifoqi Kengashi sanksiyalar kiritishda va ularni asoslashda ushbu iboralardan foydalangan.
Advokatlarning xabar berishicha, Oslund «asossiz va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatmaslik» majburiyatini olgan. Iqtisodchining o‘zi bunga izoh bermadi, ammo uning 2022 yil yanvar oyidagi tvitlari o‘chirib tashlangan.
Advokatlarga ko‘ra, nemis politsiyasi 2022 yil aprelida Usmonovning singlisi «Dilbar» yaxtasining egasi ekani haqida tvit e’lon qilgan. Ushbu tvitlar Gulbahor Ismoilovaga nisbatan Yevropa Ittifoqi tomonidan sanksiyalar e’lon qilinishiga olib kelgan. Advokatlarning ta’kidlashicha, Ismoilova ushbu yaxta egalari ro‘yxatida yo‘q, Usmonov esa benefitsiar huquqlarga ega emas.
Yevropa Ittifoqi sanksiyalarida aytilishicha, «Germaniya politsiyasiga ko‘ra, Gulbahor Ismoilova yaxtaning yagona haqiqiy egasi».
Alisher Usmonov USM holdingi asoschisi va eng yirik aksiyadori hisoblanadi. Unga «Metalloinvest», «Udokanskaya med» va «Megafon» kompaniyalari kiradi. U eng boy rossiyalik milliarderlarning Forbes ro‘yxatida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi. Jurnal uning boyligini 14,4 milliard dollarga baholagan.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin Alisher Usmonov ham boshqa ko‘plab rossiyalik tadbirkor va siyosatchilar singari Yevropa Ittifoqi, AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada, Avstraliya va boshqa davlatlar tomonidan sanksiyalarga uchradi.
Usmonov ushbu sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinmoqda.
Mavzuga oid
09:32 / 21.05.2026
Mindich Zelenskiy ustidan sudga shikoyat qildi
18:39 / 23.04.2026
Qirg‘iziston ilk marta Yevropa Ittifoqining sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashish mexanizmiga tushdi
09:00 / 21.03.2026
Diniy majmualar ochilishi va 100 yilga yetadigan ma’danlar - hafta dayjesti
15:47 / 16.03.2026