17:00 / 25.12.2019
0
53720
Reklama

korzinka.uz'dan 3 muhim yangilik

korzinka.uz tarmoqdagi eng yaxshi chegirmalar, aksiya va takliflarni o‘z ichiga olgan elektron katalogining bayramona sonini taqdim etdi.

Maxsus sonda bayram dasturxonini bezab turuvchi sarxil ichimliklar, shirinliklar, salatlarni tayyorlashda ishlatiladigan zaruriy masalliqlar, bolajonlar uchun sovg‘a to‘plamlari, mevalar, choy-qahva, baliq, kolbasa va pishloqlar hamda boshqa ko‘plab mahsulotlarga hamyonbop narxlarni ko‘rish mumkin.

Aytish kerakki, ushbu chegirmalar korzinka.uz supermarketlarida 31 dekabr oxirigacha amal qiladi.

Tarmoq bu bilan cheklanib qolmasdan an'anaviy tarzda o‘tkazib keladigan aksiyasini bu yil ham xaridorlar e'tiboriga taqdim etdi. Unga ko‘ra 30 dekabrdan 31 dekabrga o‘tar kechasi mijozlar 24 soat xaridlarni amalga oshirishlari mumkin. Ya'ni do‘konlar uzluksiz xizmat ko‘rsatadi.

Shu bilan birgalikda, korzinka.uz 31 dekabr kuni soat 20:00gacha ishlab, 1 yanvar kuni xodimlarining oilalari davrasida to‘liq hordiq chiqarishlariga imkoniyat yaratgan holda ishlamasligini ma'lum qildi.

Supermarketlar tarmog‘iga aloqador eng muhim yangiliklarni rasmiy sahifa va kanallarida kuzatib boring:

Facebook: fb.com/korzinkauz

Instagram: instagram.com/korzinkauz

Telegram (rus tilida): @korzinka_uz

Telegram (o‘zbek tilida): t.me/korzinka_uzbek

Telegram-bot: @korzinka_uzbot

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top