14:31 / 30.12.2019
0
8064
Pokiston markazi O‘zbekistondagi saylovlar bo‘yicha o‘z xulosasini e'lon qildi
Foto: KUN.UZ

Saylovlar O‘zbekistonni demokratik o‘zgarishlar yo‘lida olg‘a siljitdi va mamlakat ulkan salohiyatini amalga oshirishning boshlanishi bo‘ladi.

Bu 2019 yil 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarini kuzatishda ishtirok etgan Pokistonning Global va strategik tadqiqotlar markazi delegatsiyasining xulosasi.

«O‘zbekistonda 2019 yilgi parlament saylovlari - xalqaro kuzatuvchilar nigohida» tahliliy hisobotida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayoni yuqori baholangan, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan chuqur o‘zgarishlar e'tirof etilgan.

Hisobotda ta'kidlanishicha, xulosalar amaldagi islohotlar, shu jumladan, davlat boshqaruvi, demokratik tamoyillar va qonun ustuvorligini mustahkamlash natijalari hamda 20dan ortiq saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonini kuzatish asosida qabul qilindi.

Global va strategik tadqiqotlar markazi direktori Xolid Taymur Akromning fikricha, bu mamlakat tarixidagi birinchi haqiqiy demokratik saylovlar bo‘ldi. Ular yuqori sifat va tayyorgarlik darajasi, ommaviy axborot vositalarining erkin hamda faol ishlashi bilan ajralib turdi, shuningdek, bu O‘zbekiston uchun katta qadam bo‘ldi.

Hisobotda «O‘zbekiston rahbarining dinamik jamiyat, yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va samarali boshqaruv hamda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqiga asoslangan iqtisodiy tizimni yaratish borasidagi harakatlariga» alohida urg‘u berilgan.

Mavzu
Saylov-2019
2019 yilning 22 dekabrida O‘zbekiston parlamenti uchun saylovlar o‘tkaziladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top