11:20 / 01.01.2020
0
18932

Ukrainaning ikki telekanali Zelenskiy tabrigi o‘rniga Poroshenko tabrigini namoyish qildi

Ukrainaning “Pryamoy” hamda 5- telekanallari Ukrainaning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiyning yangi yil tabrigi o‘rniga sobiq prezident Pyotr Poroshenkoning tabrigini namoyish qildi.

Poroshenkoning yangi yil tabrigi efirga soat 23:57 da uzatilgan. Zelenskiyning tabrigi esa yangi yil kirib kelgandan keyingina namoyish etilgan.

 “Yangi yil bayramlarida qandaydir sehr bor. Har qanday vaziyatda ular yaxshi kayfiyat olib keladi. Kim-kim, lekin bizning Yevropa bilan birdamlik  jamoamiz hech qachon taslim bo‘lmaydi, biz Ukrainaning g‘alabasiga ishonamiz va bizni hech kim sindira olmaydi. Biz birgalikda maqsadlarimizni: Ukrainaning Yevropa ittifoqi va NATOga a'zo bo‘lish istiqboli, tilimiz, e'tiqodimiz va armiyamizni himoya qilamiz”, deb aytib o‘tgan Poroshenko o‘z tabrigida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top