09:36 / 04.01.2020
0
4876

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ko‘chki xavfi e'lon qilindi

Foto: Youtube / Magnus Lindkvist

Favqulodda vaziyatlar vazirligi respublikaning tog‘li hududlarida ko‘chki xavfi mavjudligi haqida ogohlantirish berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 4 yanvar kunidan 9 yanvar kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasining tog‘li hududlarida ko‘chki xavfi e'lon qilindi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan ehtiyot choralari ko‘rishni hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, 1050 qisqa raqamga murojaat etishni so‘ragan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top