21:25 / 06.01.2020
0
12074
Mercedes-Benz AQShdan 745 mingta avtomobilini qaytarib olmoqda
Foto: Michaela Rehle/Reuters

Germaniyaning Daimler AG avtomobilsozlik kompaniyasi AQShdan turli yillarda ishlab chiqarilgan 745 mingta avtomobilini qaytarib olmoqda. Bu haqda AQShning Yo‘l harakati xavfsizligi milliy boshqarmasida (NHTSA) ma'lum qilindi. 

Mashinalarni qaytarib olish kampaniyasi 14 fevralda boshlanadi va 2001 yildan 2011 yilgacha ishlab chiqarilgan C, CLK, CLS va E sinfidagi turli modellarni qamrab oladi.

Bunga esa ushbu mashinalardagi surilib chiquvchi tomda oynavand panel va rom o‘rtasidagi birikma bo‘shab qolishi sabab hisoblanadi. Ta'kidlanishicha, buning natijasida panel ajralib chiqib ketishi va nafaqat mashinadagi yo‘lovchilarga, balki orqada kelayotgan mashinalarga ham xavf solishi mumkin.

Mercedes-Benz USA dekabrda 30294 dona yengil avtomobil va 4985 dona yuk mashinasi sotgan. Daimler AG’ning AQShdagi dileri 2019 yilda umumiy hisobda 357729 dona mashina sotgan.

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top