AQŞ Kongressi Vakillar palatasida demokratik ozçilik yetakçisi Hakim Jyeffrisning aytişiça, Qöşma Ştatlar Ukrainani qöllab-quvvatlaşda davom etişi kerak, jumladan, agar u mağlub bölsa, mojaroga bevosita aralaşişga majbur böladi. «Biz Ukrainaning yutqazişiga yöl qöya olmaymiz, çunki bu sodir böladigan bölsa, Amerika nafaqat bizning pulimiz, balki qöşinlarimiz bilan ham aralaşişga majbur böladi», dedi Jyeffris 5 may, yakşanba kuni AQŞning CBS telekanaliga bergan intervyusida.
Jyeffrisning sözlariga köra, Rossiya rahbariyati SSSRni qayta tiklaşga intilmoqda. Ukraina ortidan Rossiya Sovet Ittifoqi parçalanganidan keyin şakllangan va hozir NATO tarkibiga kirgan boşqa davlatlarga tahdid soladi, deb hisoblaydi u. «U qöşni Gurjistonga bostirib kirişda töxtamadi; Qrimning egallab olinişi ortidan Ukraina şarqiga intervensiya böldi. Şunday izçil tajovuzni hisobga olib, agar unga Ukrainada muvaffaqiyat qozonişiga imkon bersak, u faqat Ukrainada töxtab qolişiga işonişimiz kerakmi? Albatta, yöq», deb ta’kidladi Jyeffris.
AQŞ Kongressining Vakillar palatasi va Senati Ukrainaga harbiy yordam körsatişni öz içiga olgan qonun loyihasini olti oydan köproq vaqt davomida ma’qullay olmadi, çunki Kiyevni qöllab-quvvatlovçi demokratlar va tuzatişlar kiritişda turib olgan respublikaçilar örtasida kelişmovçiliklar kelib çiqdi. Natijada yagona qonun loyihasi bir neça qismlarga bölinib, nihoyat aprel oyida qabul qilindi. Ukraina AQŞdan 61 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini olişi kerak.
Lobbiçilar
Hakim Jyeffris Ukrainaga yordamni keçiktirişda Respublikaçilar partiyasidagi «Putinni qöllab-quvvatlovçi lobbi»ni aybladi. «Respublikaçilar partiyasida negadir Rossiya Amerika Qöşma Ştatlarining duşmani emasligiga işonib, Ukrainaga yordam berişni istamaydigan fraksiya kuçayib bormoqda», deb şikoyat qildi kongressmen. Uning sözlariga köra, Vakillar palatasining Rossiya kokusiga respublikaçi Marjori Teylor Grin rahbarlik qiladi.
Senatda 15 nafar respublikaçi Kiyevga harbiy yordamning yangi paketini ajratiş haqidagi qonun loyihasiga qarşi ovoz berdi. Ular orasida senator J.D.Vens aprel oyida Ukrainada ğalaba qozoniş uçun yetarli resurslar va harbiy kuç yöqligi, Amerika yordami esa vaziyatni özgartiriş uçun yetarli emasligi haqida ma’lum qilgan edi.













