14:10 / 10.01.2020
0
8404
Ryazanda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi. Uning boshiga yog‘och to‘sin tushib ketgan
Illyustrativ foto

Rossiyaning Ryazan shahrida yuk ortish paytida erkak kishi yuk mashinasidan tushib ketdi, shundan so‘ng uning ustiga to‘sin quladi. O‘zbekiston fuqarosi tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar hayotdan ko‘z yumdi.

Moskvalik tergovchilar 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosining o‘limi yuzasidan dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda, deb xabar qildi Rossiya Tergov qo‘mitasining Ryazan oblasti bo‘yicha Tergov boshqarmasi matbuot xizmati.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yigit Ryazandagi qurilish gipermarketlaridan birida yog‘och to‘sinlarni «KamAZ» rusumli yuk mashinasiga ortish bo‘yicha o‘zaro kelishuv asosida ishlagan. Yuk joylash paytida u sirg‘anib ketgan va mashinadan yerga yiqilib tushgan. Shu paytda uning ustiga to‘sinlardan biri qulagan. Yigit boshidan olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etdi.

Surishtiruv natijalariga ko‘ra, tergovchilar jinoiy ish qo‘zg‘atish yoki qo‘zg‘atmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top