Hayotda hamma yaxşi yaşaşga intiladi. Ammo dunyoning turli mamlakatlarida ayni körinişdagi mehnat har xil baholanadi. Xususan, AQŞ millionlab immigrantlar uçun katta imkoniyatlar mamlakati sifatida köriladi. 2022 yilda boşqa mamlakat fuqarolariga Qöşma Ştatlarda qonuniy yaşaş va işlaş huquqini beruvçi grin-karta lotereyasiga 20 milliondan köproq odam ariza topşirgani ham bejiz emas. Xöş, nima uçun köpçilik aynan Amerikaga ketişni va u yerda işlaşni xohlaydi?

AQŞda eng kam iş haqi

2023 yilning 1 yanvar holatiga köra, Qöşma Ştatlarda hukumat tomonidan belgilangan eng kam iş haqi soatiga 7,25 dollarni taşkil etadi. Bu oyiga 1160 dollar, yiliga esa 13 ming 920 dollarga teng. Ammo AQŞda minimal iş haqi miqdori barça ştatlarda ham bir xil emas. Har bir ştat öz budjetiga egaligi bois iqtisodiy jihatdan rivojlangan hududlarda eng kam iş haqi miqdori ham boşqalariga qaraganda yuqoriroq. Xususan, bu körsatkiç:

  • Kolumbiya okrugida – 16,5 dollar;
  • Vaşingtonda – 15,74 dollar;
  • Kaliforniyada – 15,5 dollar;
  • Massaçusetsda – 15 dollar;
  • Nyu-Yorkda – 14,2 dollar;
  • Nyu-Jyersida – 14,13 dollar.

Qiziq jihati, 7,25 dollarlik stavka 2009 yilda örnatilgan. Ösib borayotgan inflatsiyaga qaramay, öşa vaqtdan beri eng kam iş haqi miqdori özgarmagan.

Bir neça yil avval Demokratlar partiyasi minimal stavkani 15 dollargaça oşiriş taklifi bilan çiqqan edi. Ammo pandemiya sababli bunday yirik loyihani moliyalaştiriş uçun mablağ ajratişning imkoni bölmadi.

Amerikada quyidagi mehnat faoliyati bilan şuğullanuvçi xodimlar boşqalarga nisbatan kamroq maoş olişadi:

  • yarim stavka işlovçi studentlar;
  • enagalar;
  • gazeta yetkazib beriş kurerlar;
  • boğbonlar;
  • kiçik fermer xöjaliklarida işlovçi qişloq xöjaligi xodimlari;
  • parklar va boşqa jamoat joylarida işlaydigan mavsumiy işçilar.

Qöşma Ştatlarda örtaça iş haqi

Possovet mamlakatlarida köpçilik bir oy davomida topadigan daromadini hisoblaşga odatlangan. Ammo AQŞda bu tartib sal boşqaçaroq. Bu yerda işçilar aksariyat holatlarda butun yil davomida topadigan daromadini körsatişadi. Şu bilan birga, köplab amerikaliklar har hafta maoş oladi. Şunga qaramay, özaro suhbatlarda ular yillik daromadlarini yoki belgilangan soatlik stavkasini aytişni ma’qul körişadi.