14:59 / 14.01.2020
0
6589
Neapolda metro poyezdlari to‘qnashib ketdi
Foto: ilmessaggero.it

Italiyaning Neapol shahridagi metropolitenda bir nechta poyezd to‘qnashuvi natijasida 13 kishi kasalxonaga yotqizildi.

Il Mattino nashrining yozishicha, to‘qnashuv metroning uchta tarkibi ishtirokida sodir bo‘lgan. 

Mahalliy transport kompaniyasining xabar berishicha, metropolitenning uchta yo‘nalishidan bittasida poyezdlar harakati to‘xtatilgan. Jarohatlanganlarni olib chiqish uchun uchta stansiya yopilgan. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvga mashinistlar xatosi sabab bo‘lgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top