21:18 / 17.01.2020
1
20228
“Hammasiga mo‘ylov sabab”: AQShning Seuldagi elchisi mo‘ylovi sabab nomaqbul shaxsga aylandi
Foto: Reuters

AQShning Seuldagi elchisi Garri Xarris biror marta mojaroli bayonotlar bermagan yoki Janubiy Koreya hukumatiga qarshi namoyishlarda ishtirok etmagan yoxud umuman birorta nojo‘ya xatti-harakat amalga oshirmagan bo‘lsa-da, janubiy koreyaliklar g‘azabiga duchor bo‘ldi.

Buning barchasiga esa Xarrisning mo‘ylovi sabab hisoblanadi. Aynan shu kichkina “detal” sabab u deyarli non grata shaxsiga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlarda elchi nomiga turli haqoratlar bildirila boshlandi, so‘ngra bunday xabarlar uning elektron pochtasiga kela boshlagan. Ish hattoki shungacha borganki, seullik faollar AQShning Janubiy Koreyadagi elchixonasi oldida qo‘llarida Xarris tasvirlangan plakatlar bilan norozilik namoyishi o‘tkazishgan. 

Aniqlanishicha, bunga bir necha sabab bor ekan. Bunga bir tomondan Vashington va Seul o‘rtasida Janubiy Koreyada joylashgan amerikalik harbiylar bilan bog‘liq xarajatlarning qoplanishi masalasidagi kelishmovchilik sabab hisoblansa, ikkinchi tomondan elchining mo‘ylovi koreyaliklarga yapon okkupatsiyasi vaqtini esga solgan. Okkupatsiya vaqtida ko‘plab koreyaliklar o‘ldirilgan yoki asirga olingan. O‘sha kezlarda Yaponiyani boshqargan bosh vazir Xideki Todzyo va imperator Xiroxitoda mo‘ylov bo‘lgan.

“Menda mo‘ylov yapon qoniga egaligim, Koreya mustaqilligi uchun harakatda ishtirok etganim yoki otam sababli bor bo‘lmagan. Men ulg‘ayib, shunchaki mo‘ylov qo‘yishni istaganman va shunday qilganman”, deb aytgan elchining o‘zi.

Xarris mo‘ylovini olib tashlamoqchi emasligini va buni qilishi uchun “kimdir bu AQSh va Janubiy Koreya munosabatlariga qanday yordam berishi mumkinligini tushuntirib berishi kerakligini” aytgan. 

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top