Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-York sudi Harvi Vaynshteynga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qildi
Sud unga nisbatan aybsizlik prezumpsiyasi buzilgan deb hisobladi va ishni qayta ko‘rib chiqish uchun yubordi.
Foto: AP
Nyu-York shahri apellyatsiya sudi Hollivud prodyuseri Harvi Vaynshteynga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qildi va ishni yangi sud muhokamasiga qaytarib yubordi. Sudyalar unga nisbatan aybsizlik prezumpsiyasi buzilgan deb hisobladi.
Apellyatsiya sudi Vaynshteyn ustidan sud jarayonida prokurorlar ishga aloqasi bo‘lmagan odamlarni guvoh sifatida chaqirganini adolatsiz deb topdi. Bundan tashqari, sudyaning so‘zlariga ko‘ra, Vaynshteynni so‘roqqa tutish jarayonida ham qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, hakamlar hay’ati oldida uning «shaxsiyati kamsitilgan».
72 yoshli Harvi Vaynshteyn - sobiq kinoprodyuser va Miramax Films kompaniyasi asoschilaridan biri. 2017 yilda o‘nlab ayollar uni jinsiy zo‘rlash va tegajog‘lik qilishda ayblab, boshidan kechirganlarini #MeeToo heshtegi ostida ijtimoiy tarmoqlarda baham ko‘rishgan edi. 2020 yilda Vaynshteyn zo‘rlash va boshqa jinsiy jinoyatlarda aybdor deb topilib, 23 yilga qamalgan edi.
Mavzuga oid
22:52 / 20.05.2026
AQSh Raul Kastroga sirtdan jinoiy ayblov e’lon qildi
20:14 / 20.05.2026
AQSh va Isroil Eronda sobiq prezident Ahmadinajodni hokimiyatga olib kelmoqchi edi – OAV
18:15 / 20.05.2026
Tramp va uning oilasi o‘tgan yillar uchun soliq da’volaridan butunlay ozod etildi
08:58 / 20.05.2026