10:20 / 27.01.2020
0
1767
O‘zbekiston «Surajkund Mela» san'at festivalining sherik-davlati etib belgilandi

Jahondagi eng yirik hunarmandchilik festivali — «Surajkund Mela» 34-marta Hindistonning Haryana shtatida bu yil 1–16 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda jahonning 60 mamlakatidan milliondan ortiq mehmonlar ishtirok etadi.

Haryana shtati turizm vazirligi tashabbusi bilan Hindiston turizm, madaniyat, tekstil va tashqi ishlar vazirliklari ko‘magida har yili o‘tkaziladigan «Surajkund Mela» festivali — pavilonlarga ega stillashtirilgan yarmarka bo‘lib, jahon xalqlarning amaliy san'ati namoyish etiladi. Har yili Hindiston shtatlaridan biri festival mavzusi sifati tanlab olinadi, xorijiy mamlakatlardan biri esa — sherik-davlat bo‘ladi.

Bu yil festivalda O‘zbekiston sherik-davlat qilib tanlab olingan. Sherik davlatga festival amaliy hunarmadchilik, milliy san'atdagi yutuqlar, folklor va turistik jozibadorlikni keng namoyish etish imkoniyati yaratiladi.

Mazkur festivalda Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlaridan 60dan ziyod amaliy san'at ustalari, musiqachilar, madaniyat vakillari, milliy taom oshpazlari ishtirok etish kutilmoqda.

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, «Hunarmand» assotsiatsiyasi va boshqa tashkilotlar pavilonlarni tashkil etish bilan shug‘ullanadi.

Festival doirasida o‘zbek xalqining madaniy merosiga bag‘ishlangan bir qator tadbirlar, jumladan, «O‘zbek madaniyati kuni», «O‘zbekiston milliy oshxonasi kuni» tadbirlari, mashhur hind dizayneri va O‘zbekistonning Hindistondagi madaniyat elchisi Rita Berining «Ferghana Fantasy» kolleksiyasi namoyishi, O‘zbekiston san'at ustalarining chiqishlari bo‘lib o‘tadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top